„Oyqor“, toʻliq nomi „Oyqor (voqeiy qissa)“ – oʻzbek yozuvchisi Nurali Qobul qalamiga mansub qissa. Muallifning ilk yirik asari boʻlib, 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarda sovet davrida qishloq xoʻjaligining kollektivlashtirilishi haqida hikoya qilinadi. 1982-yil qissaning L. Samoyov oʻgirgan ruscha tarjimasi nashr etilgan.
„Oyqor“ qissasi Qobulning 1979-yil chop etilgan „Salom, togʻlar“ qissasi bilan bir qatorda oʻquvchilar va tanqidchilar orasida keng muhokama qilingan. Qissa uchun Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Rahmat Fayziy „umidli qalam sohibi“ nomi bilan kirish soʻzini yozgan. 1978-yil „Yosh leninchi“ gazetasida „Qorli togʻlar qoʻshigʻi“ nomi bilan qissadan parcha chop etilgan.
Manbalar
Turkum:Qissalar