„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, XX asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan.

Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.

Qissani F. Shayhutdinova (1968) hamda A. Naumov (1970) rus tiliga, V. Grimich (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan.

1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.

2023-yil asar BBC nashri tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi top-100 bolalar kitoblari reytingiga kiritilgan. Shu yili Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligi munosabati bilan adib nomidagi nashriyot tomonidan qissaning yangi oʻzbekcha nashri chop etilgan.

Syujeti Qissada shum bola-Qoravoy haqida hikoya qilinadi. Qoravoy uyidan ketib qolib, oʻzining topqirligi, zukkoligi, shoʻx-shaddodligi tufayli turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Shum bola bir guruh oʻgʻriga, har bir gapga „innaykeyin?“ deb javob qaytaruvchi boyga, giyohvand mullalarga duch keladi.

Qahramonlari Qoravoy — shum bola Omon — Qoravoyning doʻsti Qodir aka — samovarchi Sulton — oʻgʻri Sharifjon — mulla Sariboy – boy Rahmatullo — sarkor Hoji bobo — mulla

Manbalar

Havolalar „Shum bola“ Ziyouz saytida

Turkum:Bolalar qissalari