thumb|Eron Islom Respublikasining rasmiy davlat emblemasi Eron emblemasi () — Eron Islom Respublikasining rasmiy davlat emblemasidir (gerb). Ushbu emblema 1979-yilda Eronda yuz bergan Islom inqilobidan bir yil oʻtganidan soʻng, rassom Hamid Nodimiy tomonidan yaratilgan va 1980-yilning 9-may kuni Oyatulloh va Eron Oliy Rahbari Ruhulloh Xumayniy tomonidan tasdiqlangan.

Tuzilishi Eron emblemasi qora rangdagi stillashtirilgan jismlar bilan bajarilgan. Ushbu stillashtirilgan jismlar arab-fors yozuvida amalga oshirilgan va «Olloh» deb oʻqiladi. Bundan tashqari, emblemada toʻrtta yarim oy va ikki tigʻli qilich joylashtirilgan va ushbu jismlar tavhid va islomning besh ustuni ramzlaridir. Emblemaning lolasimon tuzilishi qadimgi rivoyatga asoslangan va ushbu rivoyatga koʻra, Eron uchun qurbon boʻlgan insonning qabrida qizil lola oʻsib chiqadi.

Qiziqarli faktlar Eronning ushbu emblemasi Unicode sistemasida oʻz shifriga ega va quyidagi kod bilan teriladi: U+262B (☫).

Manbalar

National symbols of Iran Герб Ирана

Turkum:Davlat gerblari Turkum:Eron davlat ramzlari Turkum:Eron milliy ramzlari Turkum:Alifbo boʻyicha gerblar