Sent-Luis (inglizcha: St. Louis) — AQShning markaziy qismidagi shahar. Missuri shtatida joylashgan. Aholisi 348,2 ming kishini tashkil qiladi (2000). Missuri daryosining Mississippi daryosiga quyilish joyidagi port. AQShning yirik sanoat, savdo moliya markazlaridan biri. Transport yoʻllari tuguni Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aviatsiya, raketakosmik, radioelektronika, elektrotexnika, metallsozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, harbiy sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya korxonalari bor. Transport yoʻli vagonlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, poligrafiya sanoati korxonalari, 2 universitet bor. Shaharga 1764-yilda asos solingan. Shahar yaqinidan qoʻrgʻoshin rudasi qazib olinadiOʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar

St. Louis Regional Chamber and Growth Association Historic maps of St. Louis in the Sanborn Maps of Missouri Collection at the University of Missouri

Turkum:Saint Louis Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi mustaqil shaharlar