Eron Islom Respublikasi davlat madhiyasi (fors. سرود ملی جمهوری اسلامی ایران, Surudi Milliyi Jumhuriyi Islomiyi Eron) — Eronning 1990-yilda qabul qilingan madhiyasi. Ushbu madhiya soʻzlari 1989-yilda Said Bageriy tomonidan yozilgan. Madhiya musiqasi esa Hasan Riyohiy tomonidan bastalangan.

Madhiya matni Fors alifbosidaLotincha transliteratsiyasiOʻzbekcha tarjimasiسر زد از افق مهر خاوران فروغ دیده‌ی حق باوران بهمن، فرّ ایمان ماست پیامت ای امام، استقلال، آزادی نقش جان ماست شهیدان، پیچیده در گوش زمان فریادتان پاینده مانی و جاودان جمهوری اسلامی ایرانSar zad az ufuq mehri xovaron, Furoʻgʻi didayi haq bovaron. Bahman, farri imoni most. Payomat ey Emom, „istiqlol, ozodiy“ naqshi joni most. Shahidon, pechida dar goʻshi zamon faryodaton: Poyanda moniy va jovidon. Jumhuriyi islomiyi Eron!Ufqdan quyosh chiqdi, Moʻminlar koʻzidagi nur. Bahman oyi imonimiz nuri, Soʻzlaring, ey Imom, „istiqlol, ozodlik“ qalbimizda yor. Shahidlar, aks sadolaringiz vaqt orasida, Abadiy va kuchli boʻl, Eron Islom Respublikasi.

Yana qarang Ey Eron Afgʻoniston madhiyasi

Manbalar

Eron madhiyasi

Turkum:Eron davlat ramzlari Turkum:Eron milliy ramzlari