Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi, badiiy rahbari, artist va shoir, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Hayot yoʻli Oʻrinboy Rahmonberdiyevich Rahmonov 1910-yili Oʻsh shahrining Shayxlar mahallasida tugʻilgan. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari, rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan.
Oʻrinboy Rahmonov 10 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1920-yildan boshladi. 1920-yilda truppa Gʻulom Zafariyning „Mozorlikda“ asari asosida „Yetim“ spektaklini sahnalashtirdi. Yetim bosh rolini truppaning badiiy rahbari Rahmonberdi Madazimovning 10 yoshli oʻgʻli Oʻrinboy Rahmonov ijro etdi. 10 yashar artist Oʻrinboy Rahmonovning onasi Bibixon va buvasi Bibi Soliha oʻsha vaqtlarda vafot etishgan boʻlib, Oʻrinboy pesada yetim bolaning onasi qabri ustida chekkan faryodlarini, nolayu figʻonlarini ishonchli tasvirlagan edi. Ona ruhining qabrdan chiqqan armonli sadolari oʻtkir dramatik tarzda ifodalangan edi. Bu sahna asari tomoshabinlarga juda kuchli taʼsir koʻrsatgan va ularning tuygʻularini junbushga keltirgan. Mazkur asar orqali muallif jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va yetimlar muammosini maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan bogʻlab sahnaga olib chiqqan.
Oʻshandan boshlab Oʻrinboy Rahmonov yosh yigitlar rollarini oʻynay boshladi, shu bilan birga truppa aktyorlariga yordam berdi va bir qancha vazifalarni bajardi. Teatrni tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini bajargan: artist, rejissor yordamchisi, xonanda, sozanda, dramaturg, grimchi, rassom, suflyor, shoir, kichkina pesalar va qoʻshiqlar uchun sheʼrlar yozgan. Ushbu qoʻshiqlarga oʻsha paytlarda birinchi ayol raqqosa Roziya Moʻminova lapar aytib raqsga tushgan. 1934-yil avgust oyida yetmish kishidan iborat teatr jamoasi safida Oʻrinboy Rahmonov Leningrad shahriga gastrolga bordi. Teatr repertuari „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi oʻzbek asarlaridan iborat edi. Ammo leningradlik sanʼat shinavandalari ularni shu qadar qizgʻin, shu qadar samimiy kutib oldilarki, ozgina muddatga moʻljallangan gastrol salkam bir oy davom etdi. Ijodiy jamoa korxonalarda, oʻquv yurtlarida, afsonaviy „Avrora“ kreyserida ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, 22 ta konsert berishdi. Gastrol soʻnggida artistlarni Leningrad viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Sergey Kirov qabul qildi va oʻynalgan spektakllar, konsertlar leningradliklarda chuqur taassurot qoldirganini alohida taʼkidladi. Qabul marosimida Oʻrinboy Rahmonov ham ishtirok etdi va suhbat tugagach, teatr jamoasi bilan birga S. M. Kirov bilan rasmga tushdi. 1937-yili S. M. Kirov vafot etgandan soʻng, teatr uning nomi bilan ataldi.
1934-yili Toshkentda ilgʻor paxtakorlarning slyoti oʻtkazildi. Slyotda konsert berish uchun Oʻzbekiston Markaziy ijroiya qoʻmitasining raisi Yoʻldosh Oxunboboyevning taklifi bilan teatri Toshkentga ijodiy safarga ketdi. Slyot qatnashchilari hofiz Abdulla taroq Fayzullayev, artistlar Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, Roziyaxon Moʻminova, Laylixon Moidova, Qodirjon Hamidov, Gʻulomjon Isroilovlarning chiqishlarini zoʻr olqishlar bilan kutib oldilar. 1934-yili teatr Moskvaga ham gastrolga borib keldi. 26-may-4-iyun 1939-yili Moskvadagi qirgʻiz sanʼati birinchi dekadasida qatnashib keldi va M. I. Kalinin bilan uchrashdi. 1939 va 1940-yillari Oʻrinboy RahmonovLyudi, kotorie menyali mir teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi. teatr jamoasi bilan birga Bishkekka (Frunzega) gastrolga bordi.
Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng, koʻplab teatr aktyorlari oʻz ixtiyori bilan frontga ketishdi. Oʻrinboy Rahmonov urush maydonida jiddiy yaradorlanib, Oʻshga yuborildi va 1942 yili teatrning badiiy rahbari etib tayinlandi va u 1949-yilgacha teatrga rahbarlik qildi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr sanʼatkorlari oʻzlarining Vatan oldidagi burchlarini chuqur his etib, frontda boʻlib, soldatlarga madaniy xizmat koʻrsatdilar. Oʻrinboy Rahmonov, Tojixon Hasanova, E.Boʻtayeva, M.Otaboyevlar jangchilarni mardlikka, qaxramonlikka undadilar. Shu yillarda Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Komil Yashinning „Boʻron“, „Oʻlim bosqinchilarga!“, Sobir Abdullaning „Qurbon Umarov“, Uygʻunning „Hayot qoʻshigʻi“, Bil-Belotserkovskiyning „Chegarachilar“, Korneychukning „Front“ asarlarini sahnaga qoʻyib, teatr jamoasi mehnatkashlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshdilar.
Ijodiy jamoaning kamolotga erishuvida Oʻrinboy Rahmonov tomonidan Hamzaning „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, Shillerning „Makr va muhabbat“, Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“, Oʻrdubodiyning „Besh soʻmlik kelin“, Hurshidning „Farhod va Shirin“, Komil Yashinning „Gulsara“, Uygʻunning „Navbahor“, „Oltinkoʻl“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi.
Oʻriboy Rahmonov Oʻsh oʻzbek drama teatrida 1924-1949-yillari, 1949-1954-yillari Qizilqishloq qishloq Kengashi raisi, 1954-1965-yillari Qizilqishloqning „Eshonguzar“ masjidi oldidagi eski pochtasida boshliq, 1965-yildan savdo sohasida ishladi. 1953-yilda uning taklifi bilan uchta qishloq kengashi — Qizil-Qishloq, Shoʻro va Ishkavon yagona Qizil-Qishloq qishloq kengashiga birlashtirilib, birlashgan Qizil-Qishloq kengashining raisi etib Oʻrinboy Rahmonov saylangan. Uning rahbarligida Yangi-Turmush, Suratosh, Beshkapa, Kommunist, Kerme-Too , Qizil-Bayroq, Ishkavon qishloqlarida yangi yerlar oʻzlashtirildi. Hozir u yerda oʻn minglab odamlar yashaydi. 29 dekabr 2024 yildagi Prezident Farmoni bilan bu yerlar Oʻsh shahri hududiga qoʻshib olingan.
Oʻrinboy Rahmonov 1949-yili teatrdan ketib, boshqa ishga oʻtsada, lekin shtatdan tashqari, ishdan keyin 1958-yilgacha rollar ijro etdi. Tomoshabinlarga va tanqidchilarga nemis ofitseri, „5 soʻmlik kelin“dagi ota va boshqa dramalardagi oʻynagan bosh rollari yoqqan. Abdugʻani Abdugʻofurovning fevral 2010-yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 1 va 3 betlarida Oʻrinboy Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali-drama teatrining tashkil etishda va faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan va 1940-yildagi teatr afishasidagi ismi-sharifi aktyorlar roʻyxatida № 19 (42 betda) aks ettirilgan. Oʻrinboy Rahmonov boʻsh vaqtlarida Oʻsh va Sulaymon togʻi goʻzalligi xaqida koʻplab sheʼrlar yozgan, toʻrttasi roʻznomalardan chiqqan. Oʻrinboy Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor, shoir boʻlishiga asosiy sabab shoir Xoʻjanazar Huvaydo (1704-1780-yillar) qarindoshi boʻlgan. Qariganda Sulaymon togʻidagi Bobur hujrasini qarab yurgan va obod etgan, toqqa har chiqqanida ikki paqir suv olib chiqib, ekkan koʻchatlarini sugʻorgan. Oʻn ikkita farzandni tarbiyalagan. Toʻngʻich farzandi Dildorbek hoji Rahmonov ham Bobur nomli teatrda artist boʻlib ishlagan, uchta kinofilmda epizodik rollar oʻynagan. Yana bir oʻgʻli Darvishbek polvon Rahmonov otasiga oʻxshab oʻzini umrini sanʼatga bagʻishladi. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi va badiiy rahbari lavozimida ishlaydi. Oʻrinboy Rahmonov 5-oktabr 1980-yili vafot etgan, qabri Oʻsh shahrining Sulaymon togʻida joylashgan „Goʻdak mozor“ qabristonida.
Oʻrinboy Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati, Qizilqishloq qishloq kengashi deputati boʻlib bir necha marta saylangan.
Oʻrinboy Rahmonovning Oʻsh shahar Bobur nomli teatr sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati
God Nazvaniye Originalnoye nazvaniye Avtor 1920 Sirota Yetim Gulom Zafariy 1922 Nakazaniye klevetnikov Tuhmatchilar jazosi Hamza 1923 Lolaxon Lolaxon Komil Yashin 1924 Raport s yuga Janubdan raport Mahmud Rahmon 1925 Gulsara Gulsara K.Yashin va Muzaffar Muhamedov 1926 Dva kommunista Ikki kommunist K.Yashin 1927 Druzya Oʻrtoqlar K.Yashin 1928 Vnutri Ichkarida K.Yashin 1929 Xalima Halima Gulom Zafariy 1929 Aji-aji Aji-aji K.Yashin 1930 Istorii na xlopkovom pole Paxta shumgʻiyalari Umarjon Ismoilov 1931 Jenitba Uylanish N. V. Gogol 1932 Perevodchik Tilmoch Mannon Uygʻur 1933 :ru:Аршин мал алан Arshin mol olon Uzeir Hojibekov 1934 Revizor Revizor N. V. Gogol 1935 Istoriya zagovorila Tarix tilga kirdi Nazir Safarov, Ziyo Said 1935 Sojjyom Yondiramiz K.Yashin 1936 Vmesto smerti Oʻlim oʻrniga J. Turusbekov 1936 Lyubov Yarovaya Lyubov Yarovaya K. Trenyov 1936 Komsomolskiy vzvod Komsomol vzvodi Tojizoda 1937 Obman i lyubov Makr va muhabbat Friedrich Schiller 1937 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid 1938 Sluga dvux gospod Ikki xoʻjayinga bir qul K.Goldoni 1938 Sablya Uzbekistana Oʻzbekiston qilichi Sobir Abdulla 1939 Pogranichniki Chegarachilar Bill-Belotserkovskiy 1939 Bay i batrak Boy ila xizmatchi Hamza 1939 Taxir i Zuxra Tohir va Zuhra Sobir Abdulla 1940 Xolisxon Xolisxon Hamza 1940 Buran Boʻron K.Yashin 1941 Gulsara Gulsara K.Yashin va M. Muhamedov 1941 Leyla i Madjnun Layli va Majnun Xurshid 1941 Kurban Umarov Qurbon Umarov Sobir Abdulla 1942 Smert zaxvatchikam! Oʻlim bosqinchilarga! K.Yashin 1942 Prodelki Maysari Maysaraning ishi Hamza 1942 Front Front Aleksandr Korneychuk 1943 Davron ata Davron ota Sobir Abdulla 1943 Zafar Zafar Umarjon Ismoilov 1944 Nurxon Nurxon K.Yashin 1944 Nevesta za 5 som Besh soʻmlik kelin Oʻrdubodiy 1945 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Uygʻun 1946 Chest jenщini Ayol nomusi Muxtarov 1947 Vesna Navbahor Uygʻun 1947 Farhod va Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid 1948 Krasniy galstuk Qizil galstuk K. Trenyov 1948 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Uygʻun 1948 Altinkul Oltinkoʻl Uygʻun 1949 Lepestki Gʻunchalar Zinnat Fatxullin 1949 Semurgʻ Semurgʻ Hamid Olimjon 1950 Adolat Adolat Ismoil Akram 1950 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla 1951 Toktogul Toʻqtagʻul J. Bokonbayev 1951 Layli va Majnun Layli va Majnun Sh. Xurshid 1952 Yoriltosh Yoriltosh Shukur Saʼdulla 1952 Radost Shodlik Mahmud Rahmon 1952 Shyolkovoe syuzane Shohi soʻzana Abdulla Qahhor 1953 Alisher Navoiy Alisher Navoiy Izzat Sulton 1953 Natalka Poltavka Natalka Poltavka Nikolay Lisenko 1953 Nurxon Nurxon Komil Yashin 1954 Prazdnik na pole Dalada bayram Shukur Saʼdulla 1954 Serdechnie sekreti Yurak sirlari Baxrom Rahmonov 1955 Oftobxon Oftobxon Komil Yashin 1955 Devushka reki Gang Gang daryosining qizi Rabindranath Tagore 1956 Ravshan i Zulxumor Ravshan va Zulhumor Komil Yashin 1956 Lyubov k Rodine Vatan ishqi Zinnat Fatxullin 1956 Sunduk sekretov Sirli sandiq I. Axmedov 1957 Alpomish Alpomish Sobir Abdulla 1957 Yulduz Yulduz Samad Vurgʻun 1958 Oygul i Baxtiyar Oygul va Baxtiyor Hamid Olimjon 1958 Imenem revolyutsii Revolyutsiya nomi bilan M. Shatrov
1920 yil-Gʻulom Zafariy „Yetim“. 1922 yil-Hamza „Tuhmatchilar jazosi“. 1923 yil-Komil Yashin „Lolaxon“. 1924 yil-Mahmud Rahmon „Janubdan raport“. 1925 yil-Komil Yashin, Muzaffar Muhamedov „Gulsara“. 1926 yil-K. Yashin „Ikki kommunist“. 1927-yil-K.Yashin „Oʻrtoqlar“. 1928-yil-K.Yashin „Ichkarida“. 1929-yil-Gʻulom Zafariy „Halima“, K.Yashin „Aji-aji“. 1930-yil-Umarjon Ismoilov „Paxta shumgʻiyalari“. 1931-yil-Nikolay Gogol „Uylanish“. 1932-yil-Mannon Uygʻur „Tilmoch“. 1933-yil-Uzeir Hojibekov „Arshin mol olon“. 1934-yil-Nikolay Gogol „Revizor“. 1935-yil-Nazir Safarov, Ziyo Said „Tarix tilga kirdi“, K.Yashin „Yondiramiz“. 1936-yil-J. Turusbekov „Oʻlim oʻrniga“, K. Trenyov „Lyubov Yarovaya“, Tojizoda „Komsomol vzvodi“. 1937-yil-Friedrich Schiller „Makr va muhabbat“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“. 1938-yil-K.Goldoni „Ikki xoʻjayinga bir qul“, Sobir Abdulla „Oʻzbekiston qilichi“ 1939-yil-Bill-Belotserkovskiy „Chegarachilar“, Hamza „Boy ila xizmatchi“, Sobir Abdulla „Tohir va Zuhra“. 1940-yil-Hamza „Xolisxon“, K.Yashin „Boʻron“. 1941-yil-K.Yashin va M. Muhamedov „Gulsara“, Xurshid „Layli va Majnun“, Sobir Abdulla „Qurbon Umarov“. 1942-yil-K.Yashin „Oʻlim bosqinchilarga!“, Hamza „Maysaraning ishi“, Aleksandr Korneychuk „Front“.