Soʻgʻdiyona professional futbol klubi () Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili.
„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).
Tarixi 1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.
1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.
SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.
1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.
Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).
„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.
2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida yana yuqori divizionni tark etdi.
Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.
2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.
2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.
Nomlar tarixi Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan. MuddatIsm1970—1972FC Jizzax (Yana: DSC)1973—1975Trud Jizzax1975—1976FC Jizzax1976—1977Irrigator Jizzax1978—1981Boʻston Jizzax1982—1985Zvezda Jizzax1986—1989Yoshlik Jizzax1990—Soʻgʻdiyona Jizzax
Ichki chempionatlardagi ishtiroki Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urganlar Div. O'rin Oʻ. Yu. D. M. G. U. G. Q. N. Ismi Liga199213322327782748Chorak final Samad Narziqulov14199314301686473140Nimchorak final Baxtiyor Gʻofurov8199416301479533535Chorak final Furqat Esonboyev181995193011316465036Yarim final Yerbulat Yeraliyev81996112309318326130Dastlabki guruh bosqichi Zinur Ziganshin Furqat Esonboyev101997183415712514652Nimchorak final Zinur Ziganshin181998143016410564352Chorak final Aleksey Jdanov181999113308814435232N/A Aleksey Jdanov152000117389524469632Chorak final Aleksandr Mochinov920011103414515455147Chorak final Qobil Aliqulov1320021163085173355291/16 final Qobil Aliqulov12200321282332832172Chorak final Qobil Aliqulov23200418269215274729Chorak final Rasul Hayitov112005114265417165319Nimchorak final Shahboz Erkinov52006115307320234824Ikkinchi saralash bosqichi Saidolim Sharofuddinov4200721382675792785Ikkinchi saralash bosqichi Bekzod Abdumoʻminov152008111308913324833Nimchorak final Shahboz Erkinov132009116306618246624Nimchorak final Davron Fayziyev6201022302136572166Ikkinchi saralash bosqichi Bahodir Pardayev262011116264517325117Chorak final Suhrob Neʼmatov7201221302217714067Nimchorak final Hurshid Yoʻldoshev262013110268414345428Ikkinchi saralash bosqichi Suhrob Berdiyev720141132673163249241/32 final bosqichi Suhrob Berdiyev52015115308220316026Chorak final Jasur Hakimov62016110309714234134Nimchorak final Ixtiyor Toshpoʻlatov52017113308715335131Nimchorak final Sanjar Rashidov142018111328816284132Nimchorak final Nikola Milinković Oybek Nurmatov Shoxruz Norxonov4201914261178292940Chorak final Shoxruz Norxonov9202016261088343238Nimchorak final Shoxruz Norxonov122021122612113281547Chorak final Shoxruz Norxonov10202216269710313134Yarim final Shoxruz Norxonov102023111267613293827Guruh bosqichi Dženan Zajmović8202414261277412943Chorak final Ljupcho Doriyev122025183010713373737Yarim final Ljupcho Doriyev16
Xalqaro Musobaqalar
MusoboqaOʻyinGʻDMUGOʻG+/-OAFC Cup6510133 +1015Umumiy6510133+1015 MavsumMusoboqaBosqichKlubUySafarNatija2022AFC CupE guruhi Neftchi Qoʻchqor-Ota2-01-o'rin SSKA Pomir3-2 Oltin Asir FK3-1Markaziy Osiyi zona finali Xoʻjand 4-0Inter-zona play-off yarim final Eastern Long Lions1-0Inter-zona play-off final bosqichi Kuala Lumpur City0-0
Tarkib Joriy Tarkib
U21
U19
Stadion
Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan. 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozir jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Texnik xodimlar Murabbiylar shtabi
LavozimIsmBosh murabbiy Ivan BoškovićYordamchi murabbiy Rade PetrovićYordamchi murabbiy Ulugʻbek BoqiyevDarvozabonlar murabbiyi Mixail NaumovYordamchi murabbiy Dane Zegarac
Ayollar futboli Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)
Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Yutuqlari
SSSR ikkinchi futbol ligasi Champions: 1979 O‘zbekiston SSR chempionati Champions: 1972 Oʻzbekiston Superligasi 2-oʻrin (1): 2021 Oʻzbekiston Superligasi 3-oʻrin (1): 1992 Birinchi liga (3): 2003, 2007, 2012 Birinchi liga 2-oʻrini (1): 2010 Oʻzbekiston PFL kubogi 2011, 2012
Boshqaruv tarixi
Bosh murabbiylar Nikolay Mednix (1973) Yevgeniy Valitskiy (1974) Vitaliy Suyunov (1974) Oleg Bugayev (1975—1977) Viktor Borisov (1979) Axrol Inoyatov (1980—1981) Aleksey Mamikin (1982) Viktor Tixonov (1983) Gennadiy Krasnitskiy (1984—1985) / Sergey Dotsenko (1986) Yuriy Xristoforidi (1987—1989) Suyun Murtazayev (1989) / Sergey Dotsenko (1990) Yuriy Xristoforidi (1991—1992) Viktor Borisov (1992—1994) Baxtiyor Gʻofurov (1995—1996) Rauf Inileyev (1997—2000) Baxtiyor Gʻofurov (2003) Suyun Murtazayev (2004—2006) Furqat Esonboyev (2007—2009) Oleg Tyulkin (2009) Rauf Inileyev (2010—2011) Murod Otajonov (2011) Davron Fayziyev (2012—2017) Furqat Esonboyev (2014) Igor Shkvirin (2017) Aleksandr Mochinov (2018) Sergey Lushan (2018—2019) Ulugʻbek Baqoev (2019—2022) Yorqin Nazarov (2022—2023) Ivan Bošković (2023—) Yana qarang
Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida
Manbalar
Havolalar
PFL.uz Oʻzbekiston Professional futbol ligasi saytida jamoa profili Soʻgʻdiyona FK veb-sayti Transfermarkt.com Footballfacts.ru https://t.me/SOGDIYONA_RASMIY
Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Jizzax viloyati futbol klublari Turkum:Jizzaxda sport Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:1970-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1970-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari