Salmon ibn Abdulaziz Al Saud () – 2015-yildan buyon Saudiya Arabistoni qiroli. 2015-2022-yillarda Saudiya Arabistoni Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulazizning 25-oʻgʻli. 2015-yil 23-yanvarda taxtga oʻtirdi. 2012-yil 18-iyundan 2015-yil 23-yanvarigacha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi boʻlgan. Salmon yashagan eng keksa uchinchi davlat rahbari, eng keksa monarx va Saudiya Arabistonining birlashganidan keyingi tugʻilgan birinchi davlat rahbaridir. Uning shaxsiy boyligi kamida 18 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi uchinchi eng boy qirol hisoblanadi .
Salmon qirol Abdulaziz va Hassa bint Ahmad Al Sudairiyning oʻgʻli boʻlib, uni Sudayiri yettiligidan biri. U 1963-yildan 2011-yilgacha 48 yil davomida Ar-Riyod gubernatori oʻrinbosari, keyinroq Ar-Riyod gubernatori boʻlgan. Keyinroq mudofaa vaziri etib tayinlandi. 2012-yilda valiahd shahzoda etib tayinlangan. Salmon 2015-yilda oʻgay akasi qirol Abdulloh vafotidan soʻng shoh boʻldi. 2023-yil iyulidan qirol Abdulazizning tirik qolgan eng toʻngʻich oʻgʻli hisoblanadi.
Salmonning qirol sifatidagi asosiy tashabbuslari qatoriga Saudiya Arabistonining Yamandagi fuqarolar urushiga aralashuvi, Saudiyaning 2030-yilgacha strategiyasi va 2017-yilda Saudiya ayollariga mashina haydashga ruxsat beruvchi farmon kiradi. Uning yettinchi oʻgʻli, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon qirolning sogʻligʻi yomonligi va oʻzining siyosiy faolligi tufayli Saudiya Arabistonining amaldagi hukmdori hisoblanadi. Muhammad 2022-yilda otasining oʻrniga bosh vazir lavozimini egalladi.
Hayoti Salmon 1935-yil 31-dekabrda tugʻilgan va Saudiya Arabistonining birinchi monarxi va asoschisi qirol Abdulazizning 25-oʻgʻli ekanligi maʼlum qilingan. Salmon va uning oltita toʻliq ukasi Sudairi yettiligini tashkil qiladiAlexander Bligh. From Prince to King; Succession to the throne in Saudi Arabia. New York, New York University Press (1984). Arabic edition: Alexander Bligh. Min amir ila malik. London, D. A. Publications (1989).. Murabba saroyida tarbiyalangan.
Salmon ilk taʼlimni poytaxt Ar-Riyod shahridagi Shahzodalar maktabidad olgan, bu maktabda qirol Abdulaziz oʻz farzandlariga taʼlim berish uchun maxsus tashkil qilgan. U din va zamonaviy ilmlarni oʻrgangan.
Salmon 1954-yil 17-martda 19 yoshida Ar-Riyod viloyati gubernatori oʻrinbosari etib tayinlangan va 1955-yilning 19-apreliga qadar bu lavozimda ishlagan. 1963-yil 5-fevralda oʻsha viloyat gubernatori etib tayinlandi va bu lavozimda 2011-yilning 5-noyabriga qadar, yaʼni qariyb yarim asrlik muddat davomida ishladi.
Gubernator sifatida u Ar-Riyodning oʻrta shaharchadan yirik megapolisga aylanishiga hissa qoʻshdi. U oʻz mamlakatiga turizm, kapital loyihalar va xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda muhim bogʻlovchi boʻlib xizmat qildiJoseph A. Kechichian. Succession in Saudi Arabia. New York: Palgrave, 2001. Print.. Gʻarb bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni yoqladi.
Salmon Ar-Riyod gubernatori sifatidagi ellik yil davomida Saudiya siyosatini belgilab beruvchi diniy, qabilaviy va qirollik oʻrtasidagi muvozanatini boshqarishda mohir boʻldiHereʼs Everything We Know About The New Saudi King Business Insider. 23 January 2015. Retrieved 27 January 2015.. Shuningdek, Qirol Abdulaziz tadqiqot va arxiv fondi (KAFRA), qirol Abdulaziz muzeyi, shahzoda Salmon nogironlar tadqiqot markazi va shahzoda Fahd bin Salmon buyrak kasalliklarini parvarish qilish xayriya jamiyati raisi boʻlgan.
Gubernatorlik davrida bir qancha xorijiy safarlarni amalga oshirdi. 1974-yilda Saudiya Arabistonining qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun Quvayt, Bahrayn va Qatarga tashrif buyurdi. 1991-yilda Kanadaning Monreal shahriga tashrifi chogʻida galereyani ochib berdi. 1996-yilda Parijdagi Yelisey saroyida Fransiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi. Oʻsha yili Bosniya va Gertsegovina boʻylab mamlakat musulmon fuqarolariga xayr-ehson qilish uchun safar qildi. 1998-yilda Pokiston, Yaponiya, Bruney va Xitoyga tashrif buyurdi.
The Washington Post gazetasining yozishicha, marhum saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi „oʻsha paytdagi Ar-Riyod gubernatori va Saudiya Arabistoni afgʻon mujohidlarini qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi rahbari shahzoda Salmonni Afgʻonistonda Sovetlarga qarshi urushda jang qilayotgan salafiy ekstremistik guruhlarni moliyalashtirgani uchun tanqid qilgan“.
Salmon davrida Ar-Riyod Yaqin Sharqdagi eng boy shaharlardan biriga, muhim savdo nuqtasiga aylandi. Maktablar, universitetlar va stadionlar kabi infratuzilma obyektlari koʻpaydi.
2011-yil 5-noyabrda Salmon oʻzining ukasi, valiahd shahzoda Sulton oʻrniga Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Sattam bin Abdulaziz Ar-Riyod viloyati gubernatori etib tayinlandi. Salmon oʻsha kuni Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXK) aʼzoligiga ham tayinlandi.
Kelishuvchan va diplomatik fazilatlari tufayli taxt vorisligiga tayinlangan. 2000-yilda qirol Fahd tomonidan oilaviy masalalarni hal qilish, murosaga erishish va baʼzi oila aʼzolari tomonidan omma oldida noqulay xatti-harakatlardan qochish uchun tashkil etilgan „Avlodlar kengashi“ (arabchada „Majlis al-Utra“) deb nomlangan oilaviy kengashni boshqargan. Salmon qirollik oilasida „oʻrta avlod“ga mansub; shuning uchun u ikkala avlod bilan ham ijtimoiy, ham madaniy jihatdan yaqin aloqalarni rivojlantirishi mumkin edi. Nihoyat, uzoq muddatli gubernatorligi natijasida u arab va xalqaro doiralarda aloqalar tarmogʻini rivojlantirdi.
Salmon Bahraynga harbiy aralashuv siyosatini davom ettirdi. 2012-yil aprel oyida Salmon AQSh va Buyuk Britaniyaga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Barak Obama va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi. 2013-yilda Saudiya Arabistoni harbiy xarajatlari 67 milliard dollarga koʻtarilib, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyani ortda qoldirdi, dunyo boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi"Saudis lead Middle East military spending". 14 April 2014. Al Jazeera. Retrieved 14 April 2014.. Saudiya Arabistoni 2014-yilda Iroq va Suriyadagi „Islomiy davlat“ga qarshi havo hujumlarida AQSh va boshqa arab mamlakatlariga qoʻshilgan. Mudofaa vaziri sifatida Salmon armiya rahbari edi.
Manbalar
Turkum:Qirol Faysal xalqaro mukofoti sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar