Oʻzbekiston professional futbol ligasi, qisqacha OʻzPFL (Ўзбекистон профессионал футбол лигаси, ЎзПФЛ) — Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot.
2008-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasidan alohida tashkilot sifatida ajratilgan.
Superliga, Oʻzbekiston Pro ligasi, Birinchi liga, Oʻzbekiston Kubogi, Liga Kubogi, Oʻzbekiston Superkubogi, Oʻzbekiston U19 va Oʻzbekiston U21 chempionatlari, boshqa shu kabi professional futbol musobaqalarini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Oʻzbekistondagi vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda turli darajadagi futbol musobaqalarini oʻtkazish ishiga koʻmaklashadi.
Litsenziyalash boʻyicha Osiyo qitʼasida yetakchi ligalardan biri sanaladi.
2026-yil fevral oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi oltita shirkat liganing rasmiy homiysi hisoblanadi.
Tarixi 1992-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkiliy tuzilmasining bir qismi boʻlgan va Oʻzbekistonda professional futbol musobaqalarini oʻtkazishga mas’ul boʻlinma edi. 2008-yil boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Professional futbol ligasini alohida tashkilot sifatida ajratishni tavsiya qildi. 2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va futbol klublarining Umumiy yigʻilishida tashkil etildi hamda 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
2008—2018-yillarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar birinchiligi musobaqalarini oʻtkazgan. 2019-yildan 2023-yilgacha ayollar futboli (Oliy liga, birinchi liga, kubok, superkubok), 2017-yildan 2025-yilgacha futzal (Oliy liga, kubok va boshqa) musobaqalari oʻtkazilishini nazorat qilgan.
2023-yilning 10-yanvar kuni Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandiWorld Association of Professional Football Leagues.
2026-yilda Fantasy Sports & Gaming Association bilan hamkorlikda Fantasy — Oʻzbekiston Superligasi loyihasini ishga tushirgan.
Maqsadi va vazifalari Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda futbol boʻyicha Superliga, Pro liga, Birinchi liga, Kubok, Superkubok, PFL Kubogi, Oʻzbekiston barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport, tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib boradi.
Har oyda Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi hakam, eng yaxshi gol nominatsiyalari boʻyicha, ekspertlar ovoziga koʻra gʻoliblarni aniqlaydi va ularni taqdirlash ishlarini tashkillashtiradi. Yil yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda taqdirlash marosimini oʻtkazadi.
Rahbarlari Tashkilotning ilk rahbari sifatida 2008—2017-yillar mobaynida Farhod Magometov faoliyat olib borgan. 2017-yilning sentyabridan 2019-yilgacha Omon Gʻofurov tashkilotga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2019—2020-yillarda tashkilotga Davron Shoqurbonov rahbarlik qilgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Diyor Imomxoʻjayev 2022-yilda tashkilot Bosh direktori etib tayinlandi. IsmiTayinlanganBoʻshatilganFarhod Magometov 04.09.200804.09.2017Omon G‘ofurov 04.09.201717.06.2019Davron Shoqurbonov 17.06.201926.05.2020Diyor Imomxoʻjayev 26.05.2020hozirgacha
Ijroiya qoʻmitasi Diyor Imomxoʻjayev, Bosh direktor.
Odil Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
To‘labek Akramov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Lokomotiv futbol klubi vitse-prezidenti.
Bahodir Mirzayev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, AGMK futbol klubi bosh direktori.
Alisher Yusupov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi bosh direktori.
Kamoliddin Murzoyev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, FIFPro Uzbekistan direktori.
Elbek Samatov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Andijon futbol klubi direktori.
Maqsud Karimov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Xorazm futbol klubi direktori.
Oybekxon Ibrohimxonov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yurist-konsultanti.
Xodimlar Diyor Imomxoʻjayev, bosh direktor
Abdulbasit Valixonov, bosh direktor oʻrinbosari
Abbosxon Ahrorov, bosh direktor oʻrinbosari
Sardor Qudratullayev, bosh direktor oʻrinbosari
Sherzod Rajabov, matbuot boʻlimi boshligʻi
Azamat Umarov, uzatuv boʻlimi boshligʻi
Fazliddin Hojimuhamedov, media boʻlimi boshligʻi
Shohrux Said, musobaqalar boʻlimi boshligʻi
Jalolxon Inogʻomxoʻjayev, litsenziyalash boʻlimi boshligʻi
Dilshod Norqobilov, ishlar boʻlimi boshligʻi
OʻzPFL tasarrufidagi musobaqalar Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati thumb|280px|Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Superligasi — Professional futbol klublari ishtirok etadigan, O‘zbekiston futbol musobaqalari tizimidagi eng yuqori divizion. 1992-yilda Oliy Liga nomi bilan tashkil etilgan. Chempionat mart-noyabr oylarida oʻtkaziladi va har bir jamoa 26ta turda bittadan uchrashuv oʻtkazadi. 2018-yilgacha musobaqa rasman Oliy liga deb nomlangan. 2019-yildan titul homiy ishtirokida dastlab Pepsi Superligasi, keyinchalik, 2020-yildan Coca-Cola Superligasi, 2024-yildan Artel Superligasi deb nomlanadi. Oʻzbekiston chempionatlari tarixida jami 45ta klub ishtirok etgan va ulardan faqatgina 8ta klub chempionlik shohsupasiga erishgan: Paxtakor — 16 marta, Neftchi — 6 marta, Bunyodkor — 5 marta, Lokomotiv — 3 marta, Doʻstlik — 2 marta, MHSK — 1 marta, Navbahor — 1 marta, Nasaf — 1 marta. Turli yillarda Oʻzbekiston chempionatida klublar soni turlicha boʻlgan. Dastlabki yillarda chempionat bahslarida 16ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, keyinchalik turli yillarda klublar soni 14, 18 va 20ta boʻlgan. 2018-yilda bir marta chempionat klublari soni 12tani tashkil qilgan. 2025-yildan hozirgacha 16ta klub qatnashadi.
Oʻzbekiston Kubogi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha milliy kubok musobaqasidir. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etib kelinadi. Musobaqaning ilk gʻolibi Navbahor klubi hisoblanadi. Oʻzbeksiton Kubogi gʻolibi Ikkinchi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Oʻzbekiston kubogini eng koʻp qoʻlga kiritgan futbol klubi — Paxtakor (14 marta) hisoblanadi. Bunyodkor va Nasaf klublari 4 martadan, Navbahor va Lokomotiv klublari 3 martadan, Neftchi klubi 2 marta, OKMK, Doʻstlik va Andijon klublari 1 martadan qoʻlga kiritgan.
Liga kubogi
Oʻzbekiston Liga kubogi — erkaklar oʻrtasidagi futboli boʻyicha har yili oʻtkaziladigan futbol musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan musobaqa 2016-2018-yillarda oʻtkazilmagan. Oʻzbekiston Liga kubogi — 2019-yilda ilk marta tashkil etilgan. Unda asosan Oʻzbekiston klublari, shuningdek OʻzPFL taklifiga koʻra , , va futbol klublari ham qatnashadi. Musobaqaning ilk gʻolibi — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi.
Oʻzbekiston Superkubogi Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi.
Pro liga
2017-yil 21-noyabr kuni PFL rahbariyati qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro ligasi deb oʻzgartirildi. Liga 18 tadan 16 ta jamoaga qisqartirildi. 2026-yilgi mavsumdan 14ta klub ishtirok etadi.
Birinchi liga 2010-yildan boshlab faoliyat olib boradi. 2010-yilgi mavsumdan eʼtiboran birinchi liga musobaqalari ikki mintaqaga boʻlingan holda olib boriladi: sharq mintaqasi va gʻarb mintaqasi. Sharq mintaqasi jamoalari Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyati futbol klublaridan tashkil topgan. Gʻarb mintaqasi jamoalari Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol klublaridan tashkil topgan. Har bir mintaqada qatnashadigan jamoalar soni: 14 ta.
Oʻzbekiston Birinchi ligasi ilgari futbol tizimida ikkinchi toifali musobaqa vazifasini bajarib kelgan. 2018-yilda Pro ligaga asos solinganidan keyin, 2020-yildan eʼtiboran Birinchi liga qayta tashkil qilindi va endilikda mamlakatda uchinchi darajali musobaqa sanaladi.
U21 chempionati Oʻzbekiston futboli tizimida Superliga jamoalarining yoshlar tarkiblari oʻynaydigan musobaqa. Unda OʻzPFL reglamentiga muvofiq 21 yosh va undan kichik futbolchilar ishtirok etadi. U21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar uchrashuvidan bir kun keyin tashkil etiladiUzbekistan U21.
U19 chempionati 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U20), 19 yoshgacha boʻlgan (U19) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi.
Hamkorlikdagi musobaqalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, sport vazirligi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazadi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda talabalar kubogi musobaqalarini oʻtkazadi.
Homiylar Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Kubogiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqdaCoca-Cola sponsors the 2019 Uzbekistan Super League. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradiPFL APEX INSURANCE bilan hamkorlikni uzaytirdi. 2021-yilgi mavsumda Uzreport TV telekanali va Volkswagen shirkati bilan hamkorlik qildi.
2021-yildan 2022-yilgacha Epsilon shirkati, Madad Invest Bank aksiyadorlik jamiyati, Turon Eco Cement zavodi va Jizzax akkumulyator zavodi homiy boʻlishgan. 2023-yil 16-mart kuni BMB Holding shirkati Superliganing rasmiy homiysi boʻldi va 2025-yilgi mavsum oxirida homiylikni toʻxtatdiBMB HOLDING becomes official sponsor of Uzbekistan Professional Football League. 2026-yil 1-may kuni Liga hamda BMB Holding oʻrtasida yangi hamkorlik shartnomasi imzolangan. 2023-yil davomida Olcha.uz axborot portali va Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari boʻlishgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan Artel shirkati 2026-yilgi mavsum oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi. Shu yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkori boʻldi. 2025-yilgi mavsum davomida Macron sport brendi OʻzPFL hamkori boʻldi. 2026-yil fevralda Yandex Uzbekistan shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Yutuqlar