UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 UEFA tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan, Yevropaning eng kuchli klublari oʻrtasidagi futbol musobaqasining 60-mavsumi hisoblanadi va musobaqa nomi Yevropa chempion klublari kubogi nomidan UEFA Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgandan keyin, ushbu nom ostida oʻtkazilayotgan 23-musobaqa hisoblanadi.

UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 finali Olmoniyaning Berlin shahridagi Berlin Olimpiya stadionida boʻlib oʻtadi. Real Madrid klubi oʻtgan musobaqa gʻolibi hisoblanadi.

Ushbu mavsumda jamoalar ilk bora UEFAning feyr-pley tartibga solish dasturiga boʻysinishadi. Bundan tashqari, 2013-yilning may oyida UEFA Kongressida Gibraltar Futbol Assotsiatsiyasi UEFAning 54-aʼzosi sifatida qabul qilgandan soʻng, ilk bora Gibraltar davlatidan klub ushbu musobaqada ishtirok etdi. Ular 2013 va 2014-yilgi Gibraltar futbol chempionati gʻolibi Lincoln Red Imps klubi uchun ushbu musobaqada bitta joy ajratishdi.

2014-yil 17-iyulda, UEFA favqulodda holatlar hayʼati eʼlon chiqardi, unga koʻra siyosiy notinchlik tufayli Rossiya va Ukraina futbol klublari qurʼa boʻyicha bir biriga qarshi tushmaydigan boʻlishdi. Shuningdek, 2014-yilgi Gʻazo va Isroil majorosi tufayli, Isroil jamoalari uchun har qanday UEFA chempionatlari uchun mezbonlik qilish taqiqlandi. Musobaqaning guruh bosqichi boshidan olingan sariq kartochkalar soni chorak finalgacha amalda boʻladigan boʻldi va yarim finalda bu hisob oʻz kuchini yoʻqotadi. Bundan tashqari, ushbu mavsumda ilk bora oq suyuqlik purkagichdan foydalanildi.

Ishtirokchi klublarning taqsimlanishi UEFAga aʼzo boʻlgan 54ta assotsiatsiyaning 53tasidan jami 77ta klub UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 musobaqasida ishtirok etadi (Lixtenshteyn ichki chempionati yoʻqligi sababli ushbu chempionatga kiritilmadi). UEFA davlatlari koeffitsiyentalariga asoslangan assotsiatsiyalar reytingiga qarab, har bir assotsiatsiyadan qancha klub ishtirok etishi bilgilanadi: Assotsiatsiya 1-3 har biridan 4tadan klub ishtirok etadi. Assotsiatsiya 4-6 har biridan 3tadan klub ishtirok etadi. Assotsiatsiya 7-15 har biridan 2tadan klub ishtirok etadi. Assotsiatsiya 16-54 (Lixtenshteyndan tashqari) har biridan 1tadan klub ishtirok etadi. Agar UEFA Chempionlar ligasi 2013/2014 gʻolibi oʻzining mamlakatining ichki chempionatlari orqali ushbu chempionatga yoʻllanma ololmasa, ularga unvon egasi sifatida qoʻshimcha imkoniyat beriladi (cheklanishlar tufayli, hech bir assotsiatsiya 4tadan oshiq klub bilan chempionlar ligasida ishtirok etolmaydi, agar unvon egasi 3ta eng yaxshi reytingli assotsiatsiyadan boʻlsa va ichki chempionatida berilgan 4ta oʻrindan joy ololmasa, unvon egasi 4 klubli assotsiatsiyaning 4-klubi sifatida yoʻllanma oladi). Biroq, bu imkoniyat bu safargi chempionatda ishlatilmadi, chunki unvon egasi oʻzining ichki chempionatida ajratilgan oʻrinlarni egallab yoʻllanma oldi. Assotsiatsiya reytingi 2007-08 yildan 2011-12 yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Yevropa chempionatlarida koʻrsatgan natijalari boʻyicha hisoblangan UEFA koeffitsiyentlar jadvali yordamida, assotsiatsiyalar UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 uchun oʻrinlarga ajratildi.

Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.Klubsoni1 88.02542 82.9633 79.6144 64.14735 59.1686 59.0007 49.75828 46.3329 44.72910 34.50011 34.40012 34.00013 28.92514 26.83315 25.70016 25.375117 23.72518 23.024Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.Klubsoni19 22.875120 20.87521 20.75022 19.58323 15.62524 15.19125 14.62526 14.20827 14.17528 12.25029 11.75030 9.70831 9.16632 8.54133 8.50834 7.83335 7.66636 7.375Reyt.AssotsiatsiyaKoeff.Klubsoni37 6.500 138 5.95839 5.79140 5.41641 5.25042 5.25043 4.16644 3.95845 3.500046 3.375147 3.08348 2.58349 2.20850 1.75051 1.58352 0.66653 0.50054 0.000

Taqsimlash Real Madrid klubi ushbu chempionatga Ispaniya ichki chempionatidan yoʻllanma oldi va guruh bosqichida oʻtgan yilgi musobaqa gʻolibi uchun ajratilgan oʻrin boʻsh qoldi, jadval esa quyidagi koʻrinishda tus oldi. 13ta assotsiatsiyalar chempionlari (Shveysariya) guruh bosqichiga 3-oʻtish roundidan oʻyinlarga kirishadi. 16ta assotsiatsiyalar chempionlari (Avstriya) 3-oʻtish roundiga 2-oʻtish roundidan oʻyinlarga kirishadi. 47ta assotsiatsiyalar chempionlari (Shimoliy Irlandiya) va 48ta (Uels) 2-oʻtish roundiga 1-oʻtish roundidan oʻyinlarga kirishadi Shu roundga kirgan jamoalarOldingi roundda yutgan jamoalar1-oʻtish roundi(6ta jamoa)Assotsiatsiya 49–54dan 6ta chempionlar2-oʻtish roundi(34ta jamoa)Assotsiatsiya 17–48dan 31ta chempion (Lixtenshteyndan tashqari)1-oʻtish roundidan 3ta gʻolib jamoa3-oʻtish bosqichiChempionlar(20ta jamoa)Assotsiatsiya 14–16dan 3ta chempionlar2-oʻtish roundidan 17ta gʻolib jamoaChempion boʻlmaganlar(10ta jamoa)Assotsiatsiya 7–15dan 9ta 2-oʻrinni olgan jamoalar Assotsiatsiya 6dan 1ta 3-oʻrinni olgan jamoaPley-off roundiChempionlar(10ta jamoa)3-oʻtish roundidan 10ta gʻolib jamoa (Chempionlar)Chempion boʻlmaganlar(10ta jamoa)Assotsiatsiya 4–5dan 2ta 3-oʻrinni olgan jamoalar Assotsiatsiya 1–3dan 3ta 4-oʻrinni olgan jamoalar3-oʻtish roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempion boʻlmaganlar)Guruh bosqichi(32ta jamoa)Assotsiatsiya 1–13dan 13ta chempionlar Assotsiatsiya 1–6dan 6ta 2-oʻrinni olgan jamoalar Assotsiatsiya 1–3dan 3ta 3-oʻrinni olgan jamoalarPley-off roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempionlar) Pley-off roundidan 5ta gʻolib jamoa (Chempion boʻlmaganlar)Pley-off bosqichi(16ta jamoa)Guruh bosqichidan 8ta 1-oʻrinlilar Guruh bosqichidan 8ta 2-oʻrinlilar

Jamoalar Qavs ichida ligada oʻtgan mavsumdagi tutgan mavqei koʻrsatilgan (UE: Unvon egasi). Guruh bosqichi Real MadridUE Bayern Munich Sporting CP Galatasaray Atlético Madrid Borussia Dortmund Paris Saint-Germain Anderlecht Barcelona Schalke 04 Monaco Olympiacos Manchester City Juventus Shakhtar Donetsk Basel Liverpool Roma CSKA Moskva Chelsea Benfica Ajax Pley-off roundChempionlarChempion boʻlmaganlar Athletic Bilbao Bayer Leverkusen Porto Arsenal Napoli 3-oʻtish roundiChempionlarChempion boʻlmaganlar APOEL Lille Beşiktaş AEL Limassol AaB Dnipro Dnipropetrovsk Standard Liège Copenhagen Red Bull Salzburg Zenit Sankt Peterburg Panathinaikos Feyenoord Grasshoppers 2-oʻtish roundi Sparta Prague Partizan HJK Sutjeska Nikšić Steaua București Slovan Bratislava Zrinjski Mostar Rabotnički Maccabi Tel Aviv Strømsgodset Sheriff Tiraspol Skënderbeu Korçë BATE Borisov Ludogorets Razgrad St Patrick's Athletic Valletta Legia Warsaw Debrecen Žalgiris Vilnius F91 Dudelange Dinamo Zagreb Maribor Aktobe Cliftonville Malmö FF Dinamo Tbilisi Ventspils The New Saints Celtic Qarabağ KR 1-oʻtish roundi Levadia Tallinn HB FC Santa Coloma Banants La Fiorita Lincoln Red Imps Izohlar

Round va qurʼa sanalari Musobaqa jadvali quyidagicha koʻrinishida (barcha qurʼalar UEFA shtab-kvartirasi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida boʻlib oʻtdi). BosqichRoundQurʼa sanasi1-uchrashuv2-uchrashuvSaralash1-oʻtish roundi23-iyun 20141–2 iyul 20148–9 iyul 20142-oʻtish roundi15–16 iyul 201422–23 iyul 20143-oʻtish roundi18-iyul 201429–30 iyul 20145–6 avgust 2014Pley-offPley-off roundi8-avgust 201419–20 avgust 201426–27 avgust 2014Guruh bosqichi1-tur28-avgust 2014(Monako)16–17 sentabr 20142-tur30-sentabr 1-oktabr 20143-tur21–22 oktabr 20144-tur4–5 noyabr 20145-tur25–26 noyabr 20146-tur9–10 dekabr 2014Pley-off bosqichiNimchorak final15-dekabr 201417–18 & 24–25 fevral 201510–11 & 17–18 mart 2015Chorak final20-mart 201514–15 aprel 201521–22 aprel 2015Yarim final24-aprel 20155–6 may 201512–13 may 2015Final6-iyun 2015 Berlin Olimpiya stadionida, Berlin

6-iyunda boʻlib oʻtadigan final uchrashuvi, 11-iyunda boshlanadigan Copa América 2015 musobasida qatnashuvchi ushbu chempionatda qatnashayotgan Janubiy Amerikalik futbolchilar uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. FIFA xalqaro qonuniga muvofiq, klublarda oʻynovchi futbolchilar xalqaro turnirda ishtirok etadigan boʻlsa, oʻsha turnir boshlanguncha 14 kun klub oʻyinlaridan ozod boʻlishi kerak, agar ushbu qonun kuchga kirsa 6-iyundagi chempionlar ligasi finalida Copa Amerika musobaqasida ishtirok etuvchi janubiy amerikalik futbolchilar qatnashmaydi. Agar futbolchilarga chempionlar ligasi finalida oʻynashga ruhsat berilsa Copa Amerika turniri boshlanguncha 5 kun ichida ular oʻz qitʼalariga borib jamoalariga qoʻshilishadi.

Saralash roundlari

Saralash va pley-off roundlarida, jamoalar 2014-yilgi UEFA koeffitsiyentlar jadvali asosida 2 xil tanlangan va tanlanmagan jamoalarga boʻlindi, va keyin jamoalar ikki uchrashuvli uy va safar oʻyinlari orqali saralanadi. Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir biriga qarshi maydonga tushmaydi.

1-oʻtish roundi Birinchi va ikkinchi saralash roundlari uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 23-iyunida boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuv 2014-yilning 1 va 2-iyulida hamda ikkinchi javob uchrashuvi oʻsha yilning 8-iyulida boʻlib oʻtdi.

2-oʻtish roundi Birinchi uchrashuv 2014-yil 15-16 iyulda va ikkinchi uchrashuv oʻsha yilning 22-23 iyulida boʻlib oʻtdi.

Izohlar

3-oʻtish roundi Uchinchi oʻtish roundi ikki qismga ajratiladi: biri chempionlar va ikkinchisi chempion boʻlmaganlar. Yuqazgan jamoalar UEFA Yevropa ligasi 2014/2015 pley-off roundida yurishini davom ettiradi.

Uchinchi round uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 18-iyulida boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuv 2014-yilning 29 va 30-iyul kunlari, ikkinchi uchrashuv oʻsha yilning 5 va 6-avgust kunlari boʻlib oʻtdi.

!colspan=6|Chempionlar yoʻnalishi

!colspan=6|Liga yoʻnalishi

Izohlar

Pley-off roundi

Pley-off roundi ikki qismga ajratiladi: biri chempionlar va ikkinchisi chempion boʻlmaganlar. Chempion boʻlmaganlar UEFA Yevropa ligasi 2014/2015 guruh bosqichida yurishini davom ettiradi.

Pley-off roundi uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 8-avgustida boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuv 2014-yilning 19 va 20-avgust kunlari, ikkinchi uchrashuv oʻsha yilning 26 va 27-avgust kunlari boʻlib oʻtdi.

!colspan=6|Chempionlar yoʻnalishi

!colspan=6|Liga yoʻnalishi

Guruh bosqichi

Guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi 2014-yil 28-avgustda Monakoda boʻlib oʻtdi. 2014-yilgi UEFA koeffitsiyentlar jadvaliga binoan 32ta klub 4ta savatchaga joylashtirildi, oʻtgan chempionat gʻolibi Real Madrid unvon sohibi sifatida, bevosita 1-savatchaga joylashtirildi. Ular 4tadan 8ta guruhga qurʼa yordamida ajratiladi va bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir guruhga tushmaydi.

Har bir guruhda, jamoalar bir biri bilan ikki martadan oʻynaydi yani safar va uy uchrashuvlari sistemasida. Guruh bosqichi tur oʻyinlari 2014-yilning 16-17 sentabr, 30-sentabr va 1-oktabr, 21-22 oktabr, 4-5 noyabr, 25-26 noyabr hamda 9-10 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari nimchorak finalga yoʻllanma oladi, guruhlarda 3-oʻrinni olgan jamoalar Yevropa ligasi 1/32 finaliga tushadi va ushbu musobaqada ham omadlarini sinash uchun imkoniyat boʻladi.

Ushbu guruh bosqichida, jami 18ta assotsiatsiyadan klublar ishtirok etdi, Ludogorets Razgrad va Malmö FF klublari guruh bahslarida ilk debyutini oʻtkazdi.

Guruh bosqichiga chiqqan jamoalar, shuningdek, 19 yoshgacha boʻlgan UEFA Yoshlar ligasi 2014/2015 musobqasida qatnashish huquqini ham qoʻlga kiritadilar.

Guruh stoli uchun kalit ranglarGuruhning 1 va 2-oʻrinlari nimchorak finalga chiqadiGuruhning 3-oʻrini Yevropa ligasi nimchorak finaliga kiradi

Agar guruh bosqichida jamoalar kuchlari teng kelsa, taybreykda qanday qilib gʻolib jamoani aniqlashni koʻring.

A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi

F guruhi

G guruhi

H guruhi

Pley-off bosqichi

Pley-off bosqichida, jamoalar ikkita uchrashuv oʻtkazadilar (uy va safar uchrashuvlari), faqat final bundan mustasno. Har bir round uchun qurʼa mexanizmi quyidagicha: Nimchorak uchun qurʼa tashlashda, 8ta guruhning 1-oʻrinlari tanlanib olindi va 8ta guruhning 2-oʻrinlari tanlanmadi. 1-oʻrinli tanlangan jamoalar 2-oʻrinli tanlanmagan jamoalarga qarshi qurʼa jarayonida taqsimlandi va guruhning 1-oʻrini nimchorak finalning 2-uchrashuvida mezbonlik qiladigan boʻldi. Bir xil guruhdan va bir xil assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar nimchorak finalda bir biriga qarshi oʻynamaydi.