Boku metropoliteni (ozarbayjoncha: Bakı metropoliteni) – Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi yerosti transport tizimi. Mazkur metropoliten 1967-yilda qurib bitkazilgan. Turkiy davlatlar orasidagi ilk metropoliten aynan bokuda ochilgan.

Metropoliten umumiy uzunligi taxminan 40 km boʻlgan 3 ta yoʻldan iborat. Hozirgi kunda 27 ta bekat mavjud. 2030-yilgacha yana 10 ta bekat qurib, foydalanishga topshirilishi reja qilingan. Boku metrosida zinapoyalarining umumiy uzunligi 4000 metrdan ortiq boʻlgan 5 turdagi 39 ta eskalatordan foydalaniladi. Tunnellarning umumiy uzunligi 17.1 kilometrdan ortiq. Boku metrosining oʻziga xos jihati shundaki, uning liniyalari (yoʻllari) 60, 40 foizlik nishabliklar va koʻplab kichik radiusli burilishlardan iborat boʻlgan hududlar boʻylab yotqizilgan. Boku metropoliteni yoʻllarining konseptual rivojlanish sxemasiga asosan, kelajakda hozirda mavjud boʻlgan 3 ta (Qizil, Yashil, Binafsha) yoʻldan tashqari yana 2 ta yoʻl (Sariq va Moviy) qurib, foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan. Mazkur reja amalga oshirilganidan soʻng, yoʻllar soni 5 taga, bekatlar soni 76 taga, elektr-depolar soni 6 taga va metroning umumiy uzunligi 119.1 kilometrga yetadi.

2022-yildagi maʼlumotlarga koʻra Boku metropoliteni yoʻlovchilar soni boʻyicha dunyoda 41-oʻrinni egallab kelmoqda.

Tarixi 1930-yillarning boshlariga kelib Boku nafaqat Kavkazning, balki butun SSSRning eng gavjum sanoat, madaniy va ilmiy markazlaridan biri edi. Shu sababli, Moskva va Leningradda metro qurilishi tugagandan soʻng, 1932-yilda Bokuni rivojlantirish bosh rejasining dastlabki tahriridayoq metro qurilishi belgilab qoʻyildi. Chunki metro yer usti transport harakatini yengillashtirib, shaharning tor koʻchalarida avtomobillar sonini kamaytirish imkonini berardi.

Lekin 1941-yilda boshlangan Ikkinchi jahon urushi mazkur rejaning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilgan. 1947-yilga kelib hukumat loyihani amalga oshirish uchun qidiruv ishlarini (tadqiqotlarni) boshlashga qaror qilgan. 1949-yilda metro qurilish bazasini yaratish boshlangan. 1954-yilda birinchi yoʻlning loyihasi tasdiqlangan va metropolitenning 12.1 kilometrlik dastlabki yoʻli qurila boshlagan. Birinchi yoʻl koʻrfazga parallel boʻlib, dengiz qirgʻogʻidan 500–700 metr uzoqlikdan oʻtgan.

1953-yilda qurilish ishlari vaqtincha to'xtatilib, 1960-yilda qayta tiklangan. Bu holat metropolitenning foydalanishga topshirilishini sezilarli darajada kechiktirgan.

1966-yilda Boku metropoliten boshqarmasi tashkil etilgan. Mazku boshqarma moddiy-texnik taʼminot, tibbiyot texnologiyalari va elektromexanika kabi jami 6 ta boʻlim faoliyat koʻrsatgan.

1967-yil 6-noyabrda Boku shahrida birinchi yoʻlning 5 bekatdan iborat (Bakı Soveti, 26 Bakı Komissarı, 28 Aprel, Gənclik va Nəriman Nərimanov) 9,2 kilometrlik qismi foydalanishga topshirilgan. Ilk poyezdni mashinist Salman Ələkbərov va mashinist yordamchisi Akif Mirzəyev boshqargan. 1967-yil 25-noyabrdan eʼtiboran metroda jadval asosidagi muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyilgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach yana 2,3 kilometr, undan soʻng esa „8-kilometr“ nomli aholi punkti va sanoat zonasini shahar markazi bilan boʻglab turuvchi 6,4 kilometrlik yerosti temiryoʻl qismi foydalanishga topshirilgan. Uzunligi 9,1 km boʻlgan ikkinchi bosqich Bokuning shimoli-gʻarbiy qismidan oʻtgan boʻlib, qurilishi 1985-yilda tugallangan.

28 May bekatiga oʻtish yoʻli vazifasini bajaruvchi Cəfər Cabbarlı 1993-yilda foydalanishga topshirilgan.

2002-yilda foydalanishga topshirilgan Həzi Aslanov bekatining qurilishini yakunlash uchun Yevropa ittifoqi tarafidan 4,1 yevro mablagʻ ajratilgan. 2006-yildan eʼtiboran yoʻl haqqini toʻlash uchun eski jetonlar oʻrniga RFİD katralar tatbiq etila boshlagan. 2007-yilda toʻlov tizimi butunlay shu kartaga oʻtkazilgan. 2008-yil 9-oktyabr kuni Nəsimi bekati foydalanishga topshirilgan.

2009-yil 30-dekabrda Azadlıq Prospekti va 2011-yil 29-iyunda Dərnəgül bekatlari foydalanishga topshirilgan. 2011-yil 30-dekabrda „Məşədi Əzizbəyov“ rekonstruksiyadan soʻng „Koroğlu“ nomi bilan foydalanishga topshirilgan. 2015-yil 28-dekabrda Elmlər Akademiyası bekatining 2 ta chiqishi foydalanishga topshirilgan. 2016-yil 19-aprelda Binafsha yoʻl va uning tarkibiga kiruvchi Avtovağzal va Memar Əcəmi bekatlari foydalanishga topshirilgan. 2019-yil aprelda Boku metropoliteniga ilk marta ayol mashinist ishga qabul qilingan. Boku metropoliteni tarixida ilk marta ayollarning mashinist sifatida ishlashiga ruxsat berilgan. 2021-yil 29-mayda 8-Noyabr bekati foydalanishga topshirilgan. 2022-yil 23-dekabrda esa Xocəsən bekati va Xocəsən elektr-deposi foydalanishga topshirilgan.

Rahbarlar Lütfəli Nuriyev (1966—1976-yillar) Fikrət Kəngərli (1976—1979-yillar) İqor Xankişiyev (1979—1987-yillar) Vahid Nadirli (1987—1993-yillar) Cəfər Yusifov (1993—1998-yillar) Tağı Əhmədov (1998—2014-yillar) Zaur Hüseynov (2014—2024-yillar) Vüsal Aslanov (2024—)

Yoʻllar va bekatlar Yoʻllar soni 3 Yoʻllarning umumiy uzunligi 40.7 km Yashil yoʻl 14,5 km Qizil yoʻl 20,1 km Binafsha yoʻl 6,1 km Yangi qurilayotgan yoʻllar 2 (Moviy va Sariq) Qurilayotgan yoʻllarning umumiy uzunligi 88.91 km Tunellarning uzunligi 91.36 km 1-yoʻl

20,1 km

6,5 km 1967 İçərişəhər — N. Nərimanov 2,4 km 1970 N. Nərimanov — Ulduz 5,3 km 1972 Ulduz — Neftçilər 0,5 km 1979 N. Nərimanov — Bakmil 3,3 km 1989 Netfçilər — Əhmədli 1,4 km 2002 Əhmədli — H. Aslanov 2-yoʻl

14,5 km

2,3 km 1968 28 May — Xətai 2,2 km 1976 28 May — Nizami 6,5 km 1985 Nizami — Memar Əcəmi 1993 Cəfər Cabbarlı 1,7 km 2008 Memar Əcəmi — Nəsimi 1,4 km 2009 Nəsimi — Azadlıq prospekti 1,8 km 2011 Azadlıq prospekti — Dərnəgül 3-yoʻl

6,1 km

2,1 km 2016 Avtovağzal — Memar Əcəmi-2 1,6 km 2021 Memar Əcəmi-2 — 8 Noyabr 2,4 km 2022 Avtovağzal — Xocəsən Nomi oʻzgartirilgan bekatlar Avvalgi nomi Hozirgi nomi Oʻzgartirilgan sana „Şaumyan“ „Xətai“ 1988-yil 13-noyabr „XI Qızıl Ordu Meydanı“ „20 Yanvar“ 1992-yil 27-aprel „28 Aprel“ „28 May“ 1992-yil 9-aprel „Avrora“ „Qara Qarayev“ 1992-yil 27-aprel „Elektrozavod“ „Bakmil“ 1993-yil 1-yanvar „26 Bakı Komissarı“ „Sahil“ 1992-yil 9-aprel „Bakı Soveti“ „İçərişəhər“ 2007-yil 25-aprel „Məşədi Əzizbəyov“ „Koroğlu“ 2011-yil 30-dekabr Kelajakdagi rejalar Kelajakda Boku metrosi yoʻl (liniya)lari soni 5 taga, yoʻllarning umumiy uzunligi 40 kilometrdan 119 kilometrga va bekatlar soni 27 tadan 77 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu oʻzgarishlar yerusti jamoat transportiga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Asosiy maqsadlar qatoriga depolarni muntazam ravishda modernizatsiya qilish, poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarga maksimal darajada qulaylik yaratish kiradi.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

metro.gov.az — Boku metropolitenining rasmiy sayti Urbanrail — Boku metropoliteni Boku metropoliteni yoʻllarining xaritasi Boku metropoliteni bekatlariga virtual sayohat

Turkum:Boku Turkum:Ozarbayjonda temir yoʻl infratuzilmasi