Serik Nigʻmetovich Ahmetov (, 25-iyun 1958, Temirtau, Qaragʻandi viloyati, Qozoq SSR, SSRI) — qozogʻistonlik davlat arbobi, iqtisod fanlar doktori, 2012-yil 24-setyabrdan buyon Qozogʻiston Respublikasining bosh vaziriПремьер-министр Казахстана Масимов ушел в отставку.
Biografiyasi 1958-yil 25-iyunda Qaragʻandi viloyati, Temirtau shahrida dunyoga kelgan.
Bilimi 1985-yil Qaragʻandi metallurgiya zavodi yonidagi zavod-OTTM-ni injiner-metallurg mutahasisligi boʻyicha bitirgan, 1993-yili esa Rossiya boshqarish akademiyasining aspiranturasini bitirgan — iqtisod fanlar doktori.
Xizmat yoʻli 1975-yil Qaragʻandi metallurgiya zavodida tokar sifatida ish boshlagan; 1976 — 1978-yillari Qizil armiya safidagi harbiy xizmatda boʻldi; 1979 — 1985-yillari tokar, kombinatdagi komsomol qoʻmitasida kotib oʻrinbosari, keyin qoʻmita kotibi boʻldi; 1985 — 1986-yillari Temitau shahri komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi; 1986 — 1989-yillari Qaragʻandi viloyati komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi; 1989 — 1990-yillari Qaragʻandi partiya obkomining masulyatli tashkilotchisi; 1993 — 1994-yillari Karmetkombinatining marketing byuro boshligʻi, sirtqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining boshligʻi; 1994 — 1995-yillari „Futau“ qoʻshma korxonasining direktori; 1996 — 1998-yillari „Ken Dala“ Qozogʻiston agrosanoat birjasining bosh direktori; 1998 — 2001-yillari Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuriyatida tashkiliy-nazorat boʻlimida davlat inspektori; 2001 — 2003-yillari Temirtau shahrining hokimi; 2003 — 2004-yillari Ostona shahari hokimining birinchi oʻrinbosari; 2004 — 2005-yillari Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuriyatida tashkiliy-nazorat va kadr siyosati boshqarmasi davlat inspeksiyasining mudiri; 2005 — 2006-yillari „Atameken“ umummilliy tadbirkorlar va ishchilar uyushmasining boshqarma raisi, ijrochi direktori; 2006 — 2009-yillari Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vazirihttp://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30070175 [С.Н. Ахметовты Қазақстан Республикасы Көлік және коммуникация министрі қызметіне тағайындау туралы Қазақстан Республикасы Президентінің 2006 жылғы 25 қыркүйектегі № 184 ]; 2009 — 2009-yillari Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari С.Н.Ахметовті Қазақстан Республикасы Премьер-Министрінің орынбасары қызметіне тағайындау туралы 2009 жылғы 3 наурыздағы № 754 Қазақстан Республикасы Президентінің Жарлығы; 2009 — 2012-yillari Qaragʻandi viloyatining hokimi «С.Н.Ахметовті Қарағанды облысының әкімі қызметіне тағайындау туралы» Қазақстан Республикасы Президентінің 2009 жылғы 19 қарашадағы № 888 Жарлығы; 2012 — 2012-yillari Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari; 2012-yilning 24-sentabridan Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri boʻlib tayinlandi. 2014-yil 2-aprelda — QR Prezidenti Nursulton Nazarboyev S.Ahmetovning istefosini qabul qildi. 2014-yil 3-aprelda QR mudofaa vaziri etib tayinlandi
Mukofotlari "Parasat " ordeni, „Qurmet“(Hurmat) ordeni, „Ostonaning 10 yilligi“ medallari bilan taqdirlangan.Қаныш Сатпаев. Энциклопедия / Бас редактор Б.Ө.Жақып.- Алматы "Қазақ энциклопедиясы", 2011 ж.
Havolalar Bosh vazirning rasmiy sayti
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston davlat arboblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar