Norak () — Tojikistondagi shahar. 1960-yilda Oʻrta Osiyoning eng yirik elektr stansiyasi — Norak GESning qurila boshlashi munosabati bilan 3 ta kichik qishloq (Disabur, Tutqovul va Langar) oʻrnida vujudga kelgan. Norak Dushanbedan 68 km janubi-sharqda, Vaxsh daryosining oʻng soxilida, Dushanbe — Koʻlob avtomobil yoʻlining chap tomonida joylashgan. Aholisi 27 ming kishiga yaqin (2013).

Sanoati Shaharda temir-beton, non zavodlari, tikuvchilik, metallsozlik korxonalari, stadion, kutubxona mavjud. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Сайт города Нурека

Turkum:Tojikiston shaharlariTurkum:Norak tumani aholi punktlari