The Gathering (; Inglizchadan tarjimasi: „yigʻilish“), Golland alternativ rok guruhi boʻlib, 1989-yili aka-uka Hans va René Rutten'lar hamda vokalchi Bart Smits tomonidan Niderlandlarning Oss shaharchasida tuzilgan.

Avvaliga The Gathering atmosferik death/doom metal janrida ijod etib, Celtic Frost va Hellhammer kabi guruhlardan ilhomlanishgan. 1994-yilda guruhga vokalchi Anneke van Giersbergen kelishi bilan The Gathering musiqa uslubi oʻzgarishi boshlandi, guruh shoegazing, post rock, experimental rock janrlariga oʻtib, Dead Can Dance, Cocteau Twins, Pink Floyd va Massive Attack guruhlaridan oʻrnak ola boshladi; keyinchalik ijod doirasi kengayib, progressive, alternative va trip rock janrlarida musiqa ijro etishga kirishdi.

2007-yil avgustida Anneke van Giersbergen guruhni tark etib, oʻzining Agua de Annique loyihasiga berildi. 2009-yil 12-martida The Gathering tarkibiga yangi vokalchi Silje Wergeland (sobiq Octavia Sperati aʼzosi) kirdi.

Diskografiyasi Always... (1992) Foundation 2000 Almost a Dance (1993) Foundation 2000 Mandylion (1995) Century Media, adadi: 130 000 Nighttime Birds (1997) Century Media, adadi: 90 000 How to Measure a Planet? (1998) Century Media, adadi: 80 000 if then else (2000) Century Media, adadi: 65 000 Souvenirs (2003) Psychonaut Records, adadi: 40 000 Home (2006) Noise/The End The West Pole (2009) Psychonaut Records Disclosure (2012) Psychonaut Records Afterwords (2013) Psychonaut Records Beautiful Distortion (2022) Psychonaut Records

Manbalar

Havolalar

The Gathering MySpace sahifasi