Gulnora Hasanovna Ravshanova (1946.26.5, Termiz shahri) — Oʻzbekiston xalq artisti (2004). Termiz davlat pedagogika institutini tugatgan (1975). Xadicha Boboxonovaning qizi. 1963-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida aktrisa. Gulnora Ravshanova oʻz ijodi davomida lirik, dramatik, komik kabi turli xarakterdagi obrazlarni yaratdi: Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Nurxon (K.Yashin, "Nurxon"), Ledi Milford (Shiller, "Makr va muhabbat"), Saodat (E.Vohidov, "Istambul fojiasi"). Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Bibi (Sh.Pardayev, "Osmonsiz uy"), Toʻlgʻanoy (Ch.Aytmatov, "Momo yer"), Bibixonim va Ona turk (Q.Abdunabiyev, "Amir Temur va Yildirim Boyazid"), Kuntugʻmishbeka (U.Azim, "Atpomishning qaytishi"), Malika (X.Xursandov, "Oʻlding, aziz boʻlding") va boshqaOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:26-mayda tugʻilganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar