Galina Panlovna Matviyevskaya (1930.13.7, Dnepropetrovsk — 2025.30.1, Orenburg) — matematik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), fizika-matematika fanlari doktori (1968).

Hayoti Galina Matviyevskaya 1930-yil 13-iyulda Dnepropetrovskda tugʻilgan. Leningrad universitetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Romanovskiy nomidagi Matematika institutida katta ilmiy xodim (1959-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1974). 2001-yildan Orenburg pedagogika universitetida kafedra mudiri

Ilmiy ishlari asosan Yaqin va Oʻrta Sharqdagi oʻrta asr fanlari tarixiga bagʻishlangan. Matviyevskaya oʻz asarlarida Yaqin va Oʻrta Sharq, jumladan, Oʻrta Osiyo olimlarining Yevropada matematikaning rivojlanishi va hozirgi zamon matematikasining vujudga kelishidagi rolini aniqlab bergan.

2025-yil 30-yanvar kuni 94 yoshida Rossiyaning Orenburg shahrida vafot etdi.

Manbalar

Adabiyotlar K istorii matsmatiki Srslnsy Azii IX—XV vskov, T., 1962; Uchsiiye o chisle na sredisvekovom Blijmsm i Srsdnem Vostoks, T., 1967; Razvitis ucheiiya o chisle v Yevrops do XVII v„ T„ 1971.

Havolalar

Turkum:Matematiklar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari