Barakat (shahar oʻtmishda Qarsanjiq, 1881-yilgacha shu nomdagi qishloq; keyinchalik Qazanjiq, 1895-yildan) — Turkmanistonning Bolqon viloyatidagi shahar, Barakat tumanining maʼmuriy markazi. Ashxoboddan 292 km shimoli-gʻarbda, Kopetdogʻ (Kurendogʻ) tizmasining shimoli-gʻarbiy etaklarida, Qoraqum kanalining quyilish qismida joylashgan.

Tarixi va nomlanishi Shahar oʻtmishda turli nomlar bilan atalgan. 1881-yilgacha Qarsanjiq qishlogʻi, 1895-yildan Qazanjiq (yoki Gazanjiq) deb yuritilgan. 1895-yilda temir yoʻl qurilishi munosabati bilan qishloq yaqinida stansiya vujudga kelgan. Bu nomlar mahalliy buloqlarning tuzilish shakliga qarab xalq tomonidan berilgan. 1939-yili Qazanjiq shahar maqomini olgan. 1999-yildan buyon Barakat deb ataladi.

Aholisi va infratuzilmasi Aholisi 1990-yillar oʻrtalarida 15 ming kishini, 2005-yilda esa 20 ming kishiga yaqinni tashkil etgan.

Shahar muhim transport tuguni boʻlib, Ashxobod — Turkmanboshi yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi hisoblanadi. Iqtisodiyotining asosini temir yoʻl transporti korxonalari, gilamchilik fabrikasi va qurilish materiallari zavodi tashkil etadi. Shaharda 4 ta umum taʼlim maktabi, kutubxona, kasalxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Manbalar

Turkum:Bolqon viloyati shaharlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Sovet Ittifoqida qurilgan shaharlar va shaharchalar