Bahrom Hamdamiy (1910, Toshkent – 1942, frontda halok boʻlgan) – rassom, Oʻzbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida Aleksandr Volkovdan taʼlim olgan (1930– 1936); Moskva, Leningradda ijodiy safarda boʻlib malakasini oshirgan. Hamdamiy asarlarida kunning dolzarb voqealarini, xalq hayotini tasvirladi: „Kolxozchilar“ (1933), „Kolxoz choyxonasida“ (1936) – Sharq muzeyida; „Avtoportret“ (1939, 1941); „Ish tugadi“ („Langar kanali quruvchilari“, 1939), „Bobom–shoir Muztarib portreti“ (1939) – Oʻzbekiston sanʼat muzeyida. Navoiy asarlari asosida „Farhod sahroda“ (1940), „Farhod Xusrav asiri“ (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. „OʻzTAG oynasi“ plakatlarini tayyorlashda qatnashgan (1941–1942). R.Ahmedov, Z. Inogʻomov va boshqalarga dars bergan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Bahrom Hamdamiy · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.