Gʻozoyoq — soyabongullilar oilasiga mansub ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik turi. Boʻyi 40—60 sm, poyasi oʻrta qismidan keng roʻvaksimon shoxlangan. Yaproqlari dumaloq-uchburchaksimon, uch boʻlakli, boʻlakchalari qalami nashtarsimon, gullari koʻp nurli soyabonlarga yigʻilgan, soyabonchalari 10-12 gulli. Gultojlari oq, may-iyun oylarida gullab, urugʻlaydi. Partov yerlar, ariq, kanal, daryo boʻylarida va bogʻlarda, sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Gʻozoyoq · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.