Qavomuddin Sheroziy (? 1440) — meʼmor; Shohrux saroyidagi bosh meʼmor (XV asr). Anʼanaviy meʼmorlikda shakl-u shamoyillarni mahorat bilan tatbiq etgan, ravoqlar kesishishi uslubini rivojlantirgan. Mashhaddagi Gavharshod begim meʼmoriy majmuasi (1405—1418), Hirotdagi Musalla majmuasi (1417—1438) va Xoja Abdulla Ansoriy maqbarasi (1428—1429), Hargirddagi madrasa (1440) va boshqalar mahobatli binolarning tarhini tuzgan va qurilishiga rahbarlik qilgan.

Turkum:Sherozda tugʻilganlar Turkum:21-fevralda vafot etganlar Turkum:1438-yilda vafot etganlar Turkum:Temuriylar davlati kishilari Turkum:Meʼmorlar Turkum:1405-yilda tugʻilganlar Turkum:1418-yilda vafot etganlar