thumb|Cesare Beccaria, Dei delitti e delle pene thumb|

|370x370px Oʻlim jazosi — sud tomonidan qotillik deb ataladigan amaldagi yoki taxmin qilingan jinoyat uchun jazo sifatida shaxsni qasddan oʻldirish boʻyicha davlat tomonidan tasdiqlangan oliy jinoiy jazo chorasi. Jinoyatchini shunday tarzda jazolashni buyurgan hukm oʻlim hukmi, hukmni bajarish harakati esa qatl deb nomlanadi.

Oʻlim jazosi bilan jazolanadigan jinoyatlarga odatda qotillik, ommaviy qotillik, zoʻrlashning ogʻirlashtirilgan holatlari (koʻpincha bolalarni oʻz ichiga oladi) kabi shaxsga qarshi ogʻir jinoyatlar; jinsiy zoʻravonlik, terrorizm, samolyotlarni oʻgʻirlash, urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid, shuningdek, davlat toʻntarishiga urinish, davlatga xiyonat kabi davlatga qarshi jinoyatlar; josuslik, fitna va qaroqchilik kabilarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, ayrim hollarda, giyohvand moddalar savdosi va giyohvand moddalarni saqlashdan tashqari, takroran jinoyat sodir etish, ogʻirlashtirilgan talonchilik va odam oʻgʻirlash kabi jinoyatlar ham jiddiy jinoyat hisoblanadi.

Jazoning favqulodda turi sifatida faqat alohida ogʻir, inson hayotiga qasd qiladigan jinoyatlar uchun belgilanishi mumkin.

Shoʻrolar davrida sud hukmi va maʼmuriy tuzilmalarning qarorlari, hatto „oliy rahbariyatning roziligi“ bilan aksilinqilobiy faoliyatlari uchun 800 mingga yaqin hur fikrli aybsiz odamlar otib tashlangan edi.

Etimologik nuqtai nazardan, kapital atamasi (lotincha kapitalis orqali caput, „bosh“ soʻzidan olingan) boshni tanadan judo qilish yoʻli bilan qatl qilishni anglatadi, ammo qatl qilish koʻplab usullar bilan amalga oshiriladi. Jumladan, osib qoʻyish, otish, oʻlimga olib keladigan ineksiya, toshboʻron qilish, elektr toki urishi va zaharli gazdan foydalanish.

Oʻlim jazosi hozir 58 mamlakatda bekor qilingan, 31 davlat qonunida koʻzda tutilgan boʻlsada, keyingi 15 yil davomida ularning aksariyatida hech kim bu jazoga hukm qilinmagan. Oʻlim jazosi 77 mamlakatda, shu jumladan, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va AQShning 38 shtatida qoʻllanmoqda. Pokiston, Kongo, Nigeriya va Yamanda voyaga yetmaganlar ham Oʻlim jazosiga hukm etilishi mumkin. Tarixi Jinoyatchilar va dissidentlarni qatl etish deyarli barcha jamiyatlar tomonidan Yerda sivilizatsiyalar paydo boʻlganidan beri qoʻllangan. Oʻn toʻqqizinchi asrga qadar yaʼni qamoqxona tizimlari rivojlanmaguncha jinoyatchilarni tiyib turish va jinoyatchilikni oldini olishning muqobil bir tizizmi yoʻq edi. Oʻrta asrlar davrida qatllarning oʻzi koʻpincha qatl gʻildiragi (Ketrin gʻildiragi deb ham ataladi, gʻildirak yordamida suyaklarni sindirish), arralash, osish, tortish va tanani toʻrtga boʻlib yuborish, terini shilish, uzoq vaqt davomida tanani kesish amaliyoti, tiriklay qaynatish, qoziqqa oʻtqizish, bolgʻa yordamida boshga jarohat yetkazish, toʻpga tutish, koʻp miqdorda najas yoki boshqa iflos suvni yuttirish kabi shafqatsiz va ogʻriqli usullar bilan qiynoqlarni oʻz ichiga olgan.

Aksariyat tarixiy maʼlumotlar va turli ibtidoiy qabila amaliyotlari oʻlim jazosi ularning adliya tizimining bir qismi boʻlganligini koʻrsatadi. Qoidabuzarlik uchun umumiy jazolar odatda jinoyatchi tomonidan qon puli toʻlash, jismoniy ogʻriq yetkazish, surgun va qatl qilishni oʻz ichiga oladi.

Oilalar yoki qabilalar oʻrtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan yoki hakamlik tizimi mavjud boʻlmaganda qon adovati yoki qasos paydo boʻladi. Adolatning bu shakli davlat yoki diniy taʼlimotlar paydo boʻlishidan oldin ham keng tarqalgan edi. Bu jinoyat, yer nizolari yoki or-nomus masalasidan kelib chiqishi mumkin. „Qasos olish harakatlari ijtimoiy jamoaning oʻzini himoya qilish qobiliyatini namoyon etadi va dushmanlarga (shuningdek, potensial ittifoqchilarga) mulk, huquq yoki shaxsga yetkazilgan zarar jazosiz qolmasligini koʻrsatadi“Translated from Waldmann, op.cit., p. 147.. Qadimgi Yunoniston

Protagor (uning fikri Platon tomonidan bildirilgan) qasos tamoyilini tanqid qiladi, chunki zarar yetkazilganidan keyin uni hech qanday harakat bilan bekor qilib boʻlmaydi. Shunday qilib, agar oʻlim jazosi jamiyat tomonidan qoʻllanishi kerak boʻlsa, u faqat ikkinchi jinoyatni oldini olish yoki undan voz kechish uchundir. „Shuning uchun Protagor biladigan yagona huquq bu inson huquqidir, u suveren jamoa tomonidan oʻrnatilgan va tasdiqlangan, oʻzini ijobiy yoki davlatning amaldagi qonuni bilan belgilaydi. Aslida, u oʻz kafolatini oʻlim jazosida topadi. Hurmat qilmaydiganlarning hammasiga tahdid soladi“

Platon, oʻz navbatida, oʻlim jazosini poklanish vositasi sifatida koʻrdi, chunki jinoyatlar „ifloslanish“dir. Shunday qilib, qonunlarda u tasodifan odamning oʻlimiga sabab boʻlgan hayvonni yoki obyektni yoʻq qilishni zarur deb hisoblaydi. Shunday qilib, qotillik ruhning kasalligi boʻlib, uni iloji boricha qayta tarbiyalash kerak va agar reabilitatsiya imkoni boʻlmasa, oxirgi chora sifatida oʻlimga hukm qilish kerak.

Aristotelning fikricha, iroda erkinligi insonga tegishli boʻlsa, fuqaro oʻz harakatlari uchun javobgardir. Agar jinoyat sodir etilgan boʻlsa, sudya uning oʻrnini qoplash orqali jinoyatni bekor qilishga imkon beradigan jazoni belgilashi kerak.

Bu falsafa bir tomondan jamiyatni himoya qilishga, ikkinchi tomondan sodir etilgan jinoyat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. U XVII asrgacha, yaʼni oʻlim jazosini bekor qilish haqidagi ilk mulohazalar paydo boʻlgan vaqtgacha Gʻarb jinoiy qonunchiligini ilhomlantirib kelgan.

Qadimgi Rim thumb|250px|Xochga mixlanish. Qadimgi Rim. Qadimgi Rimda Rim fuqarolariga nisbatan oʻlim jazosini qoʻllash gʻayrioddiy va istisno hisoblangan. Ular jinoyat va jinoyatchiga qarab, xususiy yoki ommaviy tanbehdan tortib surgunga qadar, jumladan, uning mol-mulkini musodara qilish, qiynoqlar yoki hatto qamoqxona va oxirgi chora sifatida oʻlimga qadar boʻlgan muqobil jazolarni afzal koʻrganlar.

Rim Senatida Katilina davrida hokimiyatni egallashga uringan ittifoqchilari taqdirini hal qilish uchun tarixiy munozara, keyin ovoz berish boʻlib oʻtgan. Keyin Rim konsuli Senat qarori bilan fitnachilarni hukmsiz oʻldirish (Senatus consultum ultimum) tarafdori boʻldi. Bu koʻpchilik senatorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Qatl qilinishiga qarshi boʻlgan ozchilik ovozlari orasida eng diqqatga sazovori Yuliy Sezar ovozi edi.

Xitoy Garchi hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasida har yili koʻpchilik qatl qilinsa-da, Tan sulolasi davrida (618-907) oʻlim jazosi bekor qilingan vaqt ham boʻlgan. Bu 747-yilda Tan imperatori Syuan Szun (712-756-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan qabul qilingan. Oʻlim jazosini bekor qilganda, Syuan Szun oʻz mansabdor shaxslariga belgilangan jazo ijrosi boʻlgan jinoyatlarda aybdor deb topilgan shaxslarga hukm chiqarishda oʻxshashlik boʻyicha eng yaqin boshqa bir jazoga murojaat qilishni buyurdi. Shunday qilib, jinoyatning ogʻirligiga qarab, qalin tayoq bilan qattiq qamchilash yoki olis Lingnan viloyatiga surgun qilish jazosi oʻlim jazosi oʻrnini bosgan. Biroq, oʻlim jazosi faqat 12 yil oʻtgach, 759-yilda An Lushan qoʻzgʻoloniga javoban tiklandiBenn, pp. 209-210.  Bu vaqtda Tan sulolasida faqat imperator jinoyatchilarni qatl qilishga hukm qilish huquqiga ega edi. Syuan Szun davrida oʻlim jazosi nisbatan kam boʻlgan, 730-yilda atigi 24 ta, 736-yilda esa 58 ta qatl amalga oshirilgan.

Tan sulolasida qatl qilishning eng keng tarqalgan usullari boʻgʻish va boshini kesish edi. Boʻgʻish — odamni oʻgʻirlab ketish va uni qullikka sotish va qabrni tahqirlashda tobut ochish uchun belgilangan hukm boʻlgan. Boshini kesish davlatga xiyonat va fitna kabi jiddiyroq jinoyatlar uchun belgilangan qatl usuli edi. Katta noqulayliklarga qaramay, tan xitoyliklarining koʻpchiligi tanani ota-onadan sovgʻa deb bilgan anʼanaviy xitoy eʼtiqodi natijasida boshini kesishdan koʻra boʻgʻib qoʻyishni afzal koʻrganlar.

Tang sulolasida oʻlim jazosining baʼzi boshqa shakllari qoʻllangan: qoʻpol korruptsiya holatlarida keng tarqalgan boʻlgan qalin tayoq bilan oʻlimga qamchilash va ikkinchisi — kesish boʻlib, mahkumning belini yem pichogʻi bilan ikkiga boʻlib, keyin qon ketishi uchun shu holatda qoldirishganBenn, p. 210. Ling Chi (sekin tilimlash) yoki kesish orqali oʻlim deb ataladigan keyingi qatl shakli Tan sulolasi tugaganidan (taxminan 900-yildan) 1905-yilda jazoning tugatilishigacha ishlatilgan.

Beshinchi va undan yuqori darajali vazir oʻlimga hukm qilinganida, imperator unga qatl oʻrniga oʻz joniga qasd qilishiga ruxsat beruvchi maxsus ruxsat berishi mumkin edi.

Tan sulolasi davridagi deyarli barcha qatllar aholini ogohlantirish sifatida omma oldida amalga oshirilgan. Qatl qilinganlarning boshlari ustunlar yoki nayzalarga sanchib qoʻyilgan. Mahalliy hokimiyat hukmdorining boshini judo qilinganda, uning boshi qutiga solingan va shaxsini va qatl qilinganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida poytaxtga yuborilgan

Oʻrta asrlar davri

Oʻrta asrlarda Yevropada zamonaviy qamoqxona tizimlari paydo boʻlgunga oʻlim jazosi hatto kichik jinoyatlar uchun ham jazoning umumlashtirilgan shakli sifatida ishlatilgan. Dastlab Yevropada jodugarlik bilan bogʻliq vahima butun Yevropani va keyinchalik Shimoliy Amerikadagi Yevropa koloniyalarini qamrab oldi. Bu davrda yovuz shaytoniy jodugarlar xristian olamiga uyushgan tahdid sifatida faoliyat yuritayotgani haqidagi daʼvolar keng tarqalgan edi. Natijada, oʻn minglab ayollar jodugarlik uchun jinoiy javobgarlikka tortildi va XV XVIII asrlar oraligʻida) jodugarlar sinovlari orqali qatl etildi.

Oʻlim jazosi, shuningdek, sodomiya kabi jinsiy jinoyatlarda ham qoʻllangan. Xalifa Abu Bakr bu jinoyat uchun aybdorni tiriklayin yoqishni tavsiya qilgan koʻrinadi. Ali ibn Abu Tolib esa toshboʻron qilib oʻlimga buyruq bergani aytiladi. Sodomiya tufayli xalifalikda gunohkor shahardagi eng baland binoning tepasidan boshi bilan uloqtirilgan. Ibn Abbos qoldirgan maʼlumotlariga koʻra, jinoyatga jazo toshboʻron qilish bilan davom etgan. Boshqa oʻrta asr musulmon yetakchilari, masalan Bagʻdoddagi Abbosiy xalifalarini (asosan al-Muʼtadid) oʻz jazolarida koʻpincha shafqatsiz boʻlgan deb taʼkidlaydiThe Caliphate: Its Rise, Decline, and Fall., William Muir. Angliyada, 1533-yilgi Buggery qonuni sodomiya uchun jazo sifatida osishni nazarda tutgan. Jeyms Pratt va Jon Smit 1835-yilda sodomiya uchun qatl etilgan oxirgi ikki ingliz edi. XIX asr davomida AQSh shtatlari oʻzlarining sodomiya qonunlaridan oʻlim jazosini olib tashladilar. Janubiy Karolina esa 1873-yilda bu jinoyat tufayli oʻlim jazosini qilgan.

XX asr

Fashistlar Germaniyasida oʻlim jazosining uch turi mavjud boʻlgan: osish, boshini kesish va otib oʻldirish. Shuningdek, zamonaviy harbiy tashkilotlar oʻlim jazosini harbiy intizomni saqlash vositasi sifatida qoʻllagan. Ilgari qoʻrqoqlik, qochqinlik, boʻysunmaslik, dushman hujumi natijasida qochish va buyrugʻiga boʻysunmaslik koʻpincha oʻlim bilan jazolanadigan jinoyatlar boʻlgan.

Turli avtoritar davlatlar, masalan, fashistik yoki kommunistik hukumatlarga ega boʻlganlar, oʻlim jazosini siyosiy zulmning kuchli vositasi sifatida ishlatgan.  Iosif Stalinning tozalash ishlarini oʻrgangan yetakchi ekspert Robert Conquestning soʻzlariga koʻra, 1937-1938-yillardagi Buyuk tozalash paytida bir milliondan ortiq sovet fuqarolari qatl etilgan, ularning deyarli barchasi boshning orqa qismidan oʻq bilan otilganConquest, Robert, The Great Terror: A Reassessment, New York, pp. 485-86. Mao Szedun Xitoyda madaniy inqilob (1966-1976) davrida „800 000“ odam qatl etilganini ochiqchasiga aytgan. Qisman bunday haddan tashqari holatlarga javob sifatida fuqarolik huquqlarini himoya qilish tashkilotlari inson huquqlari konsepsiyasiga va oʻlim jazosini bekor qilishga koʻproq eʼtibor bera boshladilar. Jinoiy huquqbuzarliklar Oddiy jinoyat qonunchiligida mustahkamlangan oʻlim jazosi asosan qotillik uchun qoʻllanadi. Baʼzi mamlakatlarda baʼzi bevosita va bilvosita jinoyatlar ham oʻlim bilan jazolanadi:

Bankni tunash (Saudiya Arabistoni) Odam o'g'irlash (Saudiya Arabistoni), Bola oʻgʻirlash (Hindiston) Odam savdosi (Xitoy Xalq Respublikasi)