Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Tumanning janubida joylashgan. Tumanda 1 ta shaharcha (Yangiqo'rg'on),1 ta shaharcha va 40 dan ortiq MFYlar mavjud. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — BostonbuvaTopografіchna karta K-42-131 . Qoʻqon shahridan 20 km sharqda joylashgan. Aholisi 32 ming kishi (2022)Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1989 g. Chislennost selskogo naseleniya soyuznix respublik — jiteley selskix naselennix punktov — rayonnix sentrov po polu. Pochta indeksi 151900.
Xoʻjaligi Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MPT, kichik va xususiy korxonalar, mikrofirmalar, ipyigiruv va toʻquv, tikuvchilik trikotaj fabrikalari, meva va sabzavotni qayta ishlash, gilam toʻqish, vinochilik sexlari ishlab turibdi. Dehqon bozori, avtovokzal, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.
Ijtimoiy soha Qishloqda 3 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 ta litsey-gimnaziya, nafis sanʼat, bolalar sport maktablari, kasb-hunar kolleji bor. Markaziy va bolalar kutubxonalari, sanʼat saroyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Fargʻona va Qoʻqon shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Fargʻona viloyati Turkum:Buvayda tumani