Yangiariq — Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining janubida joylashgan. Viloyat markazi (Urganch shahri)gacha 24 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Urganch. Aholisi 15 ming kishi (2025). Qishloq aholisi va xoʻjaliklari Tagan kanalidan suv oladi. Yangiariqda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, qurilish korxonalari, Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi, avtokorxona, MTP bor. 3 ta umumiy taʼlim maktabi, litsey, gimnaziya, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, 2 ta madaniyat uyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Tumandan Urganch, Xiva, Hazorasp shaharlari, Xonqa va Bog'ot shaharchalariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Xiva — Toshkent yoʻnalishidagi avtobuslar Yangiariq hududidan oʻtadi.

thumb| „Mustaqillik“ madaniyat va istirohat bogʻi

Turkum:Oʻzbekiston shaharlari Turkum:Yangiariq tumani

Manbalar