Yalpi sirt — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining janubiy sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirgʻichi. Sharqiy qismi tor, oʻydimchuqur. Kenglik yoʻnalishida 500 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 405 m. Gʻarbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural togʻlariga yondosh, janubida Kaspiyboʻyi pasttekisligidan pogʻonasimon koʻtarilgan. Markaziy qismida uncha baland boʻlmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat boʻlib, balandligi 50–100 m. Yalpi sirt paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relyef shakllari hosil boʻlgan. Yalpi sirtdan Samara, Katta Irgiz va Ural daryolarining baʼzi irmoqlari boshlanadi. Dasht oʻsimliklari oʻsadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Yalpi sirt · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.