Eskudo (ispancha va portugalcha — aynan gerb) — 1) Portugaliyada XV asrdan (vazni 4,6 g), Ispaniyada XVI asr dan (vazni 3,42 g) va Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlarida muomalada boʻlgan oltin tanga. E. kumushdan ham zarb qilingan; 2) Portugaliya pul birligi. 1 E=100 sentavo. Xalqaro ifodasi RTE. Valyuta kurslari boʻyicha 1 AQSH dollari = 217,6 E. (2000-yil). 2002-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlar yagona pul birligi — yevrota oʻtishi bilan 2002-yil 30-iyundan muomaladan toʻxtatildi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Eskudo · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.