Ekslibris (lotincha — kitobdan) — kitobning biror kimsaga mansubligini koʻrsatuvchi belgi. Kitobning muqovasi yoki zehiga relyef hosil qilib ishlanadigan (superekslibris) va muqovaning ichkari tomoniga yopishtirib qoʻ’yiladigan (qog‘oz ekslibris) xillari bor. Gravyura usulida tayyorlanadigan ekslibris Germaniyada XVI asrda paydo boʻlgan. Ekslibris yirik grafika ustalari (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina, A. I. Kravchenko. V. A. Favorskiy va boshqalar) tomonidan yaratilishi grafikaning mustaqil janrini yuzaga keltirdi. Oʻzbekistonda rassomlar V. Kaydalov, V. Kedrin, Q. Basharov, M. Kagarov, M. Starovoyt, V. Parshin va boshqalar koʻplab ekslibrislar yaratgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ekslibris · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.