Shpon (nem. mayda tarasha, pona) — 1) yogʻoch gʻoʻlalarni shilish stanoklarida shilib, randalash stanoklarida randalab va arralash stanoklarida arralab olinadigan yupqa material. Shilib olingan Sh. (0,1 — 10 mm qalinlikda) faner tayyorlashda, arralab olingan Sh. (1 — 10 mm) musiqa asboblarining qorin qopqoqlariga yopishtirishda, randalab olingan Sh. (0,2—5 mm) duradgorlik buyumlar sirtiga qoplashda ishlatiladi; 2) matbaada — satrlar orasini kattalashtirish uchun qoʻyiladigan plastinkasimon oraliq (probel) material (qistirma).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Shpon · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.