thumb Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular oʻrnatiladigan inshoatlardan iborat. Shamol elektr stansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, cho'l va chala cho'llarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasida 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.

Yana q.

Yashil tarif

Turkum:Shamol energiyasi Turkum:Shamol tezligi Turkum:Shamol yo'nalishlari Turkum:Shamolli hududlar Turkum:Elektr energiya Turkum:Elektr energiyasini taqsimlash Turkum:Energetika tashkilotlari Turkum:Elektr stansiyalar texnologiyalari Turkum:Elektr tarmoqlari Turkum:Elektr toki Turkum:Elektrostansiyalar Turkum:Elektr asboblar