Chola — qadimda va oʻrta asrlarda Janubiy Hindistondagi davlat va hukmron sulola. Ch. davlatining tarixiy markazi (Cholamandala) Tanjavur rnida joylashgan. Davlat tili — tamil tili boʻlgan. X asr oxiri — XI asr boshlarida Ch. kuchaygan, unga Tamilnadning boshqa rnlari (Pandyamandala, Tondaymandala, Kongumandala), Kerala, Karnataka, Andxraning bir qismi, Shri Lanka o. tobe boʻlgan. Bu davrda Tamilnadning iqtisodiy va madaniy yuksalishi kuzatilgan. XIII—XVIII asrlarda Ch. xonadoniga mansub shaxslar Janubiy Hindistondagi bir qator mayda knyazliklarni boshqarishgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Chola · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.