Chelak xazinasi - Samarqand viloyati (hozirgi Payariq tumani Chelak shahri)dagi Chelak shahar xarobasidan topilgan kumush buyumlar (1961). Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat boʻlib, ulardan biri — sosoniylar davriga oid. Idishda, shahanshoh Peroz tasviri tushirilgan, 2idish qalin boʻlib, unda bir eftaliy zodagonining tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan boʻlib, Sugʻdda qilingan. Chelak xazinasi milodiy VI asrning oxiri — VII asrning boshida Sugʻdda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan boʻlib, bu yerga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi SanktPeterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Chelak xazinasi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.