Roald Hoffmann (1937.18.7, Zlochev, Polsha) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1972). Kolumbiya universitetini tugatgan (1958). 1965-yilgacha Garvard universitetida ishlagan, 1965-yildan Kornell universitetida ishlaydi (1968-yildan professor). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganishga oid. R.B.Vudvord bilan hamkorlikda moslashgan reaksiyalar uchun orbital simmetriyaning saqlanish qoidasini (Vudvord—Xofman qoidasi) taklif qilgan (1965). Kimyoviy oʻzgarishlar yoʻlidagi energetik gʻovlar shakllanishining fizik mohiyatini aniqlagan (1970). Stereokimyo va kompleks birikmalar sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirgan (1978— 80). Nobel mukofoti laureati (1981; K. Fukui bilan hamkorlikda)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:18-iyulda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari