Xefren (yunoncha, Chephren), Xafra (miyercha) — Misr firʼavni (miloddan avalgi 27 asr oxiri — 26 asr boshi). Xeopsning oʻgʻli yoxud ukasi. Gerodot uni Xeopsning despotik hokimiyatini davom ettiruvchi sifatida taʼriflaydi. Gʻizodagi X. ehromi — kattaligi jihatidan 2boʻlib (bal. 143,5 m), qadimda yashirin yoʻl orqali vodiydagi granit ibodatxona bilan bogʻlangan; ibodatxonadan X.ning dioritdan ishlangan 2 haykali topilgan (Krhiradagi Misr muzey ida saqlanadi). Ehrom yaqinida X. davrida qoyatoshlardan oʻyib ishlangan Sfinksning ulkan haykali bor.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Xefren · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.