thumb|right|150px Federal qidiruvlar byurosi (FQB) (; qisqartmasi: FBI) — AQShda federal qonunlar buzilishlarini tekshiruvchi muassasa. 1908-yilda tuzilgan. Qarorgohi Vashington shahrida joylashgan. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, mansab jinoyatlari, zoʻravonlik holatlariga, AQSh hududida boshqa davlatlar razvedkalariga qarshi kurash FQB faoliyatining muhim yoʻnalishlaridir. Byuroning mamlakat shtatlari poytaxtlarida, yirik shaharlarda 60 ga yaqin boʻlimi, 500 dan ortiq mahalliy boʻlinmalari, ayrim mamlakatlarda esa aloqa postlari mavjudOverview of the Legal Attaché Program , Federal tekshirishlar byurosi, Qaraldi: 25-mart, 2015-yil. FQBda 24 mingga yaqin xodim, jumladan, 10 mingga yaqin maxsus agent xizmat qiladi. Byuro rahbarini AQSh prezidenti tayinlaydi, AQSh Kongressi tasdiqlaydi.
Manbalar
Turkum:AQSh