Botir Maqsudovich Usmonov (1984.15.4, Samarqand) – ogʻir atletikachi, xalqaro toifadagi sport ustasi (2001), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Samarqand shahri respublika Olimpiya zaxiralari bilim yurtini tugatgan (2002). Oʻzbekistonda sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan eng yosh ogʻir atletikachi (1998). Yoshlar oʻrtasida Osiyo (1999, Uxan; 2000, Chenju; 2001, Nanchan; 2003, Bali), kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston (2002, 2003, 2004) chempioni. Koʻplab nufuzli musobaqalar sovrindori. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oʻqiydi (2004). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida sport yoʻriqchisi (2001-yildan)"Usmonov Botir Maqsudovich" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak ogʻir atletikachilar