200px|right Jozef Jon Thomson () (1856.18.12, Chitem-Xill, Manchester yaqinida — 1940.30.8, Kembrij) — ingliz fizigi, metallarning elektron nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1884-yildan) va prezidenti (1915— 1920). Manchesterdagi Ouene kollejini (1876) va Kembrij universitetining Triniti kollejini (1880) tugatgan. 1884-1919-yillarda Kembrij universiteti prossor va Kavendish laboratoriya rahbari. 1897-yilda elektronna kashf etib, uning zaryadini va massasini aniklagan. 1903-yilda atomning birinchi modelini taklif qilgan. Rentgen nurining uzluksiz spektrini tushuntirib bergan. 1911-yilda parabolalar usulini ishlab chiqqan, bu usul keyinchalik massspektrometriya sohasining yaratilishiga olib keldi. T. izotoplarni ochishda katta rol oʻynadi. Gazlardagi elektr razryadlarini oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1906)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Fiziklar Turkum:1856-yilda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda vafot etganlar Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar Turkum:30-avgustda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari