Tojipolvon Aʼloyev (1890 Toshkent – 1964.3.4) – Oʻzbekiston xalq polvoni (1946). Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 14 yoshida paxta zavodida yuk tashuvchi boʻlgan. Fargʻonacha kurash bilan shugʻullangan. Kurash yoʻllarni ustozi Ahmad Polvonsan oʻrgangan. 1919-yili Turkistonda oʻtkazilgan klassik kurash bahsida 1-oʻrinni egallagan. 1930-yildan davlat sirklari markaziy boshqarmasida, 1942-yildan oʻzbek sirkida oʻz mahoratini namoyish qila boshladi. Keyinchalik "Paxtakor" sport jamiyatida bir necha marta kurash musobaqalarini oʻtkazgan. Koʻplab kurashchi polvonlar tayyorlagan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tojipolvon Aʼloyev · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.