Tobin — turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila. Boshqirdlar tarkibidagi yirik qabilalardan biri. Qozoq urugʻlaridan birining nomi ham, shuningdek, Tojikiston laqay oʻzbeklari (qarang Laqaylar) tarkibida ham T. boʻlgan. T.larning etnogenezi haqida aniq maʼlumot yoʻq. Moʻgʻullar istilosita qadar T.lar yirik qabila boʻlib, Ural togʻlarining etaklari va Gʻarbiy Qozogʻiston choʻllarida koʻchib yurishgan. XIII asrda moʻgʻullar hujumidan soʻng ayrim guruhlarga boʻlinib, hozirgi oʻzbek, qozoq va boshqird xalqlarining tarkibiga kirgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tobin · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.