thumb Nikolay Semyonovich Tixonov [1896.22.11(4.12), – Peterburg – 1979-yil, 2-avgust] – rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoiri (1974). Birinchi jahon urushi (1914—1918), fuqarolar urushi (1918—1920) va Ikkinchi jahon urushi (1941–1945) qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1944-yildan). 20-yillarda „Serapion muridlari“ adabiy toʻgaragi ishtirokchisi. Ilk dostoni „Sami“ (1920). Tixonov 20—30-yillarda Gruziya, Armaniston va Oʻrta Osiyo boʻylab sayohat qilgan. Taassurotlari asosida „Vamberi“ (1925), „Dengizdan dengizgacha“ (1926), „Urush“ (1931) qissalarini, „Xavfli odam“, „Harbiy otlar“ (1927), „Abadiy tranzit“ (1934), „Koʻchmanchilar“ kabi hikoyalar va ocherklar kitoblarini (1931), „Kaxetiya haqida sheʼrlar“ (1935) toʻplamini yozgan. „Gruziya bahori“ turkum sheʼrlari (1948)da urushdan keyingi Kavkazning maftunkor tabiati, kishilarining tinch turmushi, xalkdar doʻstligi ifodalangan. Tinchlik uchun kurashuvchilarning xalqaro xarakatida koʻp yillar ishtirok etishi, Sharq va Gʻarb mamlakatlariga qilgan sayohatlari uning „Dust soyasi“ (1936), „Ikki oqim“ (1951), „Tinchlik tarafdorlarining ikkinchi umumjahon kongressida“ (1953) kabi turkum sheʼrlarida, „Oq moʻʼjiza“ (1956), „Yashil zulmat“ (1966) kabi qissalari hamda „Qoʻsh kamalak“ (1964) kitobida aks etgan. Asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. Gʻafur Gʻulom, Oybek, Zulfiya va boshqa oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini rus tiliga tarjima qilgan"Tixonov Nikolay Semyonovich" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilPokiston haqida hikoyalar, T., 1953; Vamberi [qissa], T., 1963; Yashil zulmat [qissalar], T., 1972.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:Birinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:22-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:8-fevralda vafot etganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiya yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq shoirlari Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1918-yilda vafot etganlar