Tallom (yunoncha, thallos — novda, oʻsimta), tanacha — tuban oʻsimliklar (suvoʻtlar, zamburugʻlar, miksomitsetlar, lishayniklar, ayrim jigarsimon yoʻsinlar)ning novda va barglarga boʻlinmagan yaxlit tanasi. Ular Tallomli oʻsimliklar deyiladi. Baʼzi dengiz suvoʻtlari (kaulerpa) tashqi tomondan novda va bargsimon tuzilishga ega boʻlsada, anatomik soddaligi, oʻsish xususiyati va koʻpayish organlarining tuzilishiga koʻra yuksak oʻsimliklardan farq qiladi. Barg va novdalarga boʻlinmagan ayrim gulli oʻsimliklar (raffleziyalar) Tallomli oʻsimlik hisoblanmaydi, chunki ular parazit hayot kechirgani sababli ikkilamchi soddalashgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tallom · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.