Takson — oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan va boshqa guruhlardan alohidalangan muayyan taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, oila va boshqalarga mansub boʻlgan organizmlar guruhi. T. muayyan biologik obʼyektlarga tegishli boʻlishi bilan taksonomik kategoriyalardan farqqiladi. Mas., „kitsimonlar“ yoki „umurtqalilar“ tushunchalari tasnif qilinishi lozim boʻlgan organizmlar guruhini bildi. radi. Shunday qilib, „tur“, „oila“ va boshqalar T. boʻlolmaydi, lekin muayyan tur, mas., oddiy qaragʻay, uy pashshasi Takson hisoblanadi (yana qarang Taksonomik kategoriyalar).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Takson · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.