Sumbulsoch, suvsumbul, zuhra sochi (Adianthum capillusveneris) — chin qirqquloklarga mansub koʻp yillik manzarali oʻt. Atlantika okeani sohillarida, Qrim, Kavkazda uchraydi. Oʻzbekistonda S. soyasalqin joylarda, togʻ soy boʻylari, suv sirqib turadigan ungurlarda, buloklar atroflarida usadi. Manzarali oʻsimlik sifatida bogʻlarda va xonalarda oʻstiriladi. Poyasi iyun—avgust oylarida sporalar hosil qiladi. Qadimda xalq tabobatida ishlatilgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Sumbulsoch · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.