Sanderlend — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyaning shim.sharqiy qismida. Taynsayd konurbatsiyasida. Aholisi 297,2 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Shimoliy dengiz soxilidagi port. Yirik kemasozlik, kema dvigatellari i.ch., elektrotexnika, oynashisha, tikuvchilik, qogʻoz sanoati korxonalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar