Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Hayoti Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—1984-yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—1993-yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida „Bir xonada qoʻsh hangoma“ (A. Vampilov), „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (Ch. Aytmatov), „Jafoga vafo“ (Alp Jamol), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov, „GranPri“ mukofoti, 1988, 1989), „Toshkentga sayohat“ (Hamza), „Ot yigʻlagan tomonda“ (T. Murod), „Ufq“ (S.Ahmad), „Boz masxaraboz“ (O.Salimov), „Sohibqiron“ (A. Oripov), „Turna patlari“ (Dzuindzi Kinosito), „Ikki moʻjiza“ (K. Gotssi), „Dala sayli“ („Piknik“, F. Arabbal), „Uchar tabib“ (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Filmografiyasi +YilNomiObrazIzoh2023Abdulla Oripov
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar