Payvandlash — bir oʻsimlikka ikkinchi oʻsimlikning qalamchasi yoki kurtagini ulash. Payvand qilinadigan oʻsimlik payvandtag, ulanadigan payvandust deyiladi. Mevachilikda payvandlash vegetativ koʻpaytirishning asosiy usuli hisoblanadi. Payvandlash payvandlanayotgan oʻsimlikning nav xususiyatini mustahkamlash va saqlash; xoʻjalik koʻrsatkichlari past navlarni aʼlo sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar bilan almashtirish; gullashi va meva tugishini jadallashtirish; oʻsimlikning manzarali va ilashuvchi xillarini yaratish kabi maqsadlarda qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yana qarang
Kurtak payvand Iskana payvand
Manbalar
Turkum:Qishloq xoʻjaligi Turkum:Bogʻdorchilik