Ozodiy Davlatmamed (; ; 1700-yil — 1760-yil) — turkman shoiri va maʼrifatparvari. Mahtumqulining otasi. Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri.
Hayoti Avval eski maktabda, soʻngra Xiva madrasasida oʻqigan, arab, fors tillarini oʻrgangan, keyinchalik shu madrasada mudarrislik qilgan. U xalq ogʻzaki ijodini, Sharq adabiyotlari ulugʻ namoyandalari asarlarini chuqur oʻrgangan, ular taʼsirida kasida, ruboiy, gʻazallar yozgan. 6000 misrali „Vaʼzi Ozod“ nomli yirik ilmiy risola-dostoni (1753—1754) Ozodiy ijodida muhim oʻrin tutadi. Asar masnaviy usulda yozilgan boʻlib, 4 bobdan iborat. 1-qismida mamlakatda tartib oʻrnatish, 2-qismida qalʼa va saroylar qurish, 3-qismida jamiyatda fan va maorifning oʻrni, 4-qismida kambagʻallar va darveshlar toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Asarda turkman qabilalarini birlashtirish, soliqlarni kamaytirish, kanallar oʻtkazish, yoʻl va koʻpriklar qurish kabi masalalar aks etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Xorazm madrasalarida tahsil olganlar