Nuqtali vergul — ustma-ust joylashgan nuqta va verguldan tashkil topgan, ikki unsurli tinish belgilaridan biri (;). Oʻzbekcha matnlarda XIX asr oxirlaridan qoʻllana boshlagan. Hozirgi oʻzbek imlosida Nuqtali vergul quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi:
bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibida maʼno jihatdan bir-biriga yaqin boʻlmagan gaplar orasida (Qalandarovning taklifi, shubhasiz, oʻtmaydi; unda raisning obroʻyi tushadi); gapdagi uyushiq boʻlaklar murakkab boʻlib, ular maʼlum guruhlarga ajratilganda, shu guruhlar orasida (Bogʻimizda shaftoli va olma; qovun va tarvuzlar pishib yotibdi. Majlisda talaba va oʻqituvchilar; muhandis va farroshlar qatnashishdi); yarim qavs bilan ajratilgan raqam yoki harflardan keyingi gaplar oxirida (Hozirgi asosiy vazifa quyidagilar: a) dare jad-valini tuzish; b) oʻqituvchilarni orox, lantirish; v) grafikka rioya qilish va boshqalar); murakkab (aralash) qoʻshma gaplar orasida (Yer koʻkarmas, el yashna-mas, boʻlmasa koʻk tomchisi; Qaydan olein sheʼrni shoir, boʻlmasa ilhomchisi (A. Toʻqay).
Yana qarang
Ikki nuqta
Adabiyotlar Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi