thumb|Eron 10chi asrda

Abu Ali Sagʻoniy (Chagʻoniy) (? −955) — Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) hukmdori. 939-yildan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945-yil noiblikdan boʻshatilgani uchun amir Nuhga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjoʻrni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948-yil dekabrda sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlagan boʻlsa-da, koʻp oʻtmay bu qarorini bekor qilgan. Shunda Abu Ali Sagʻoniy buvayhiylar yordamida amirga qarshi qoʻzgolon koʻtargan, ammo Abdulmalik ibn Nuh davri (954-961)da Xurosonni tashlab ketishga majbur boʻlgan.

Manbalar

Turkum:955-yilda vafot etganlar